20-yanvar kuni qishki “perevod” uchun arizalar qabul qilish tugaydi
18.01.2023 23:44

Tarix fanini videodarslar orqali Professional ustozlardan BEPUL o'rganing.– Registon o‘quv markazi
Qishki “perevod”ga barcha ham hujjat topshirolmaydi. Faqat 2 ta uzrli sababi borlarga ruxsat.
Quyidagilar uzrli sabablar hisoblanadi:
- talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga o‘qishini ko‘chirish uchun;
- davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).
Arizalarni Hududiy ishchi guruhlarga berish kerak (yuqoridagi suratda manzili va telefon raqamlari berilgan).
Hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
- o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
- talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik maʼlumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
- pasport nusxasi;
- yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.
Xorijdan yoki O‘zbekistondagi nodavlat OTMlardan O‘zbekistondagi davlat OTMga o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar hozir qabul qilinmaydi. Ular faqat yoz oylarida onlayn ariza topshiradi hamda testga kirishadi.
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
Sirtqi ta’limda tahsil olayotgan talaba kunduzgi ta’limga o‘qishini ko‘chirishi mumkinmi?
26.01.2023 10:13
Nodavlat oliygohdan davlat oliygohiga o‘qishni ko‘chirish tartibi
16.01.2023 14:22
O‘zbekistonda Hamshiralar akademiyasi tashkil etiladi
13.01.2023 22:46