Avstraliyaning Queensland University of Technology oliygohidan xorijiy talablar uchun grant dastur

21-oktabr 15:51
Avstraliyaning Queensland University of Technology oliygohidan xorijiy talablar uchun grant dastur

Muddati:

15.02.2022

Davlat:

Avstraliya

Rasmiy havola:

www.qut.edu.au

Grant turi:

Magistratura

Avstraliyada joylashgan Queensland University of Technology oliygohi ta’lim yo‘nalishida ta’lim olmoqchi bo‘lgan xorijiy talabalarga grant dasturini taqdim etadi. Ushbu universitet Avvstraliyaning Brisben shahrida joylashgan eng nufuzli universitetlardan biri.

Ta’lim fakulteti magistratura (kurs ishi) dasturlaridan biriga kirgan chet ellik talabalarga har semestr uchun $ 5,000 stipendiyas taklif qiladi. Grantni birinchi semestrda o‘qishga kirgan 1 nafar talaba va ikkinchi semestrda o‘qishga kirgan 1 nafar talaba olishi mumkin.

Turli dasturlar uchun to‘lov har xil, shuning uchun ba’zi dasturlar uchun stipendiya to‘liq o‘qish kontrakt to‘lovini to‘lash uchun yetarli bo‘ladi, boshqa dasturlarda esa stipendiya faqat qisman qoplashi mumkin.

Talablar:

  • Avstraliya fuqarosi bo‘lmasligi kerak;
  • Ta’lim fakulteti magistratura (kurs ishi) dasturlaridan biriga qabul qilinishi kerak;
  • Keyingi semestrda o‘qishni boshlashi lozim;
  • A’lo baholarga ega bo‘lishi, ingliz tilini mukammal darajada bilishi shart.

Kerakli hujjatlar:

  • Oldingi o‘qish joyidan bakalavr diplomi va baholari;
  • Motivatsion xat;
  • CV;
  • Tavsiyanoma

Ushbu hujjatlar 2022-yil 15-fevraliga qadar edu.development@qut.edu.au ga jo‘natilishi lozim.

Dastur haqida batafsil ma’lumot rasmiy havola orqali topishingiz mumkin.