Repetitorlar va o‘qituvchilar o‘rtasidagi farqlar
30-iyun 01:19
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
- Tayyorlov darajasi: Repetitor tayyor bolani oladi, maktab o‘qituvchisi esa bolani unga tayyorlab beradi.
- To‘lov: Repetitor pul oladi, maktab o‘qituvchisi esa bepul o‘qitadi.
- Guruhdagi bolalar soni: Repetitor 10-15 ta bola bilan ishlaydi, maktab o‘qituvchisi esa 30-35 tadan sinfdagi bolalar bilan ishlaydi.
- Davlat ta’lim standarti: Repetitorda davlat ta’lim standarti yo‘q, maktab o‘qituvchisidan esa davlat ta’lim standarti talab etiladi.
- O‘quv rejasi: Repetitorda o‘quv reja yo‘q, maktab o‘qituvchisi esa yuqoridan belgilab berilgan o‘quv reja asosida dars o‘tishga majbur.
- Dars vaqti: Repetitor darsini istagan vaqtda qo‘yadi, maktab o‘qituvchisi esa ma’lum bir vaqtda darsini o‘tishi zarur.
- Talabalarning bilim darajasi: Repetitor bolalarni kuchli, kuchsiz, o‘rtacha bilimli guruhlarga bo‘lib o‘tadi, maktab o‘qituvchisi esa bir sinfdagi har xil bilimli bolalarga bir xil yondashishga majbur.
- Nazorat: Repetitorni hech kim tekshirmaydi, maktab o‘qituvchisini esa maktab rahbariyatidan tortib, katta kichik tekshiruvchilar, natijasini so‘rovchilar ko‘p.
- Ma’lum maqsadlar: Repetitorga aniq maqsadni ko‘zlab murojaat qilishadi, masalan, chet elga ishga ketish uchun, chet eldagi oliygohga kirish uchun, o‘zimizdagi oliygohga kirish uchun, bir tilni yoki fanni o‘rganish uchun. Maktab o‘qituvchisi ham o‘quvchisi ham majburiyatdan boradi.
- Talabga javob bermaslik: Repetitor talabiga javob bera olmaydigan bolani haydab yubora oladi, maktab o‘qituvchisining esa bunga haqqi yo‘q.
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
Ayol jismoniy tarbiya o‘qituvchilariga ustama haqi to‘lanadimi?
01-noyabr 14:31