Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Scholarship for International Leaders : huquq sohasi bo‘yicha AQSHda bepul o‘qish imkoniyati

20.08.2021 22:44
Scholarship for International Leaders : huquq sohasi bo‘yicha AQSHda bepul o‘qish imkoniyati

Muddati:

01.10.2021

Davlat:

Amerika Qo‘shma Shtatlari

Rasmiy havola:

delawarelaw.widener.edu

Grant turi:

Magistratura

Scholarship for International Leaders - AQSH ning Delaver shatatida joylashgan Widener University Delaware Law School tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, eng ilg‘or va bilimli talabalar uchun huquqshunoslikning quyidagi 3 ta yo‘nalishidan birida magistratura bosqichini kontrakt to‘lovlarisiz davom ettirish imkoniyatini taqdim etadi:

  • Master of Law (Huquq)
  • Master of Jurisprudence (Yurispuridensiya)
  • Doctor of Juridical Science (Yuridik fanlar)

Nomzodlar uchun talablar:

Huquq (Master of Law)sohasidagilar uchun:

  • Bakalavr bosqichini huquq bo‘yicha AQSH universitetlaridan boshqa oliygohda tugatgan bo‘lishi
  • Baholari o‘rtacha ballik tizimda 3.0 yoki shunga ekvivalent bo‘lishi
  • Til bilish darajasi - TOEFL 83 yoki IELTS 6.5

Yurispuridensiya (Master of Jurispuridence)uchun:

  • Nomzodlar xalqaro yoki AQSH universitetlaridan birida bakalavrni tamomlagan bo‘lishi
  • Baholari o‘rtacha ballik tizimida 3.3 yoki shunga ekvivalent bo‘lishi
  • Til bilish darajasi - TOEFL 83 yoki IELTS 6.5

Yuridik fanlar uchun (Doctor of Juridical science)

  • AQSH yoki boshqa hududdagi Amerika standartlariga mos keluvchi oliygohda bakalavr bosqichini yakunlagan bo‘lishi kerak
  • Baholari o‘rtacha 3.3 ball yoki shunga ekvivalent bo‘lishi
  • Til bilish darajasi - TOEFL 94 yoki IELTS 7

Qolaversa, nomzodlar ijtimoiy jihatdan ham faol bo‘lishi, volontyorlik harakatlari, turli tadbirlar, konferensiyalarda muntazam qatnashgan bo‘lishi, liderlik va notiqlik qobiliyatiga ega bo‘lishlari talab qilinadi. Batafsil ma’lumot ushbu havolada berilgan.

Foydali tomonlari:

  • Nomzodlar dastur davomida magistratura bosqichida bepul ta’lim oladilar
  • Yashash xarajatlari uchun taxminan yiliga 50,000$ mablag‘ bilan ta’minlanadilar

Ammo dastur yotoqxona, ovqat, sug‘urta, safar kabi xarajatlarini qoplab bermaganligi bois nomzodlarning o‘zlari bu masalalarni hal qilishlari lozim. Batafsil ushbu havolada.

Hujjat topshirish tartibi har bir yo‘nalish uchun har xil bo‘lib, nomzod avval kurslar uchun alohida va undan keyin grant uchun alohida ariza topshirishi kerak. Ariza topshirish narxi 60$ ni tashkil etadi. Hujjat topshirish haqida batafsil bilmoqchi bo‘lsangiz, ushbu havolaga o‘ting.
Joylar soni cheklanganligi bois eng kuchlilargina stipendiya sohibi bo‘lish imkoniyatiga ega. Shuning uchun nomzodlar faol va e’tiborli bo‘lishlari so‘raladi.