Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Study Foundation of the Berlin House of Representatives: Germaniyada talabalar tadqiqoti uchun Grant dasturi

28.08.2021 01:10
Study Foundation of the Berlin House of Representatives: Germaniyada talabalar tadqiqoti uchun Grant dasturi

Muddati:

15.12.2021

Davlat:

Germaniya

Rasmiy havola:

www.parlament-berlin.de

Grant turi:

Internship, Magistratura

The Berlin House of Representatives tomonidan bakalavriat bosqichini tugatgan talabalar uchun asosan AQSh, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya va Sovet Ittifoqi davlatlaridagi yosh talabalarni tadqiqotini rag‘batlantirish maqsadida "Study Foundation of the Berlin House of Representatives " grant dasturi e’lon qilindi.

Dasturga qabul talablari:

  • Yuqorida ko‘rsatilgan davlat fuqorolari bo‘lishi lozim;
  • Nomzodlar kamida 25 - 35 yosh oralig‘ida bo‘lishi lozim;
  • Nomzodlar o‘zlarining tayyor bo‘lgan tadqiqot rejalarini ham saytga yuklashlari lozim;
  • Ariza topshirish jarayonida nomzod allaqachon Berlindagi tadqiqot muassasasidan qabul xati olgan bo‘lishi zarur;
  • Tadqiqot tugagandan so‘ng nomzod o‘z vataniga qaytishi lozim;
  • Nomzodlar oliy ta’limni tamonlagan bo‘lsalar ham ilmiy tadqiqot ishlarida qatnashib kelayotgan bo‘lishi lozim, ijtimoiy faol bolishi kerak nomzodlar;

Grant miqdori:

  • Magistratura hamda doktorantura bosiqchi talabalari uchun-1100 yevro;
  • Postdoktor tadqiqotchilariga 1630 yevro mablag‘ ajratiladi;

Ushbu oylik stipendiyalar turar joy xarajatlarini ham o‘z ichiga olgan holda beriladi hamda yo‘l transport xarajatlari ham qoplab beriladi. Boshqa har qanday xarajatlar nomzod tomonidan qoplanadi;

Qabul jarayonidagi kerakli hujjatlar:

  • Tarjimaiy hol (Cv);
  • Motivatsion xat;
  • Berlindagi ilmiy rahbardan ma’lumotnoma;
  • Tadqiqot rejasi;
  • 2 ta tavsiyanoma;
  • Diplomlar va baholar daftarchasidan nusxa;
  • Qo‘shimcha har qanday sertifikat va diplomlarni nusxasini kiritishinggiz mumkin;

Qo‘shimcha ma’lumotlar hamda savollar yuzasidan-0049-30-2325 2005- ushbu raqamlarga qo‘ng‘iroq qiling yoki studienstiftung@parlament-berlin.de manzilga xat yuboring!

Batafsil quyidagi Pdf hujjat orqali bilib oling!