Talabalar uchun telefondan foydalanish tartibi
22-yanvar 15:09

Oliy ta’lim muassasalarida talabalar telefondan qanday foydalanishi mumkin?
Oliy ta’lim muassasalarida talabalarning uyali telefonlardan foydalanish qoidalari aniq belgilangan. Ushbu qoidalarga amal qilish talabalarning o‘quv jarayonini samarali tashkil etish uchun muhimdir.
Talabalar uchun asosiy qoidalar
- Telefon rejimi: Ta’lim muassasasiga kirishda talabalar telefonlarini “ovozsiz” rejimga o‘tkazishlari shart.
- Mashg‘ulot vaqtida: Mashg‘ulotlar va tadbirlar boshlanishidan oldin telefonni o‘chirib qo‘yish, portfel yoki sumkaga joylashtirish talab etiladi.
- Ruxsat etilgan holatlar: Faqatgina mashg‘ulotlar oralig‘ida, zaruriy va kechiktirib bo‘lmaydigan holatlarda telefondan foydalanishga ruxsat beriladi.
- Favqulodda vaziyatlar: Favqulodda holatlar yuzaga kelganda telefondan foydalanish cheklanmaydi.
Ta’qiqlangan holatlar
Talabalarga quyidagi holatlarda telefondan foydalanish qat’iyan man etiladi:
- Telefonni bo‘yniga osib olish yoki cho‘ntakda saqlash.
- Telefonni zaryadlash uchun elektr tarmoqlariga ulash.
- O‘quv mashg‘ulotlari davomida telefon orqali suhbatlashish yoki xabar yozish.
- Stol ustiga telefonni qo‘yish yoki naushnik orqali musiqa tinglash.
- Zo‘ravonlik va shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi kontentni namoyish qilish.
Mazkur qoidalarga rioya qilish talabalarga o‘quv jarayonida tartib-intizomni ta’minlashga yordam beradi.
Manba: Lex.uz
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
Talabalar uchun maslahat:
06-sentabr 11:27
Eng ko‘p berilayotgan savollarga javoblar
03-sentabr 11:32
Talabalar ijara to‘lovlarini bir qismini qoplab berish bo‘yicha har oyning 7-sanasiga qadar onlayn ariza berishlari kerak
03-sentabr 08:24
Xalqaro hamkorliklar orqali Nordik diplomining kuchi
28-avgust 18:43