Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Talabalikka erishish uchun nimalar qilishimiz kerak

29-mart 20:18
Talabalikka erishish uchun nimalar qilishimiz kerak

Raqobat.

Raqobatchi tanlayotganda o‘zimizdan kuchli bo‘lgan tengdoshlarimiz, aniqrog‘i, tajribali abituriyentlarga e’tibor qaratish foydali. Kuchsiz abituriyentni doimo yengib yurishdan hech qanday naf yo‘q. Raqobatlashayotganda raqibimizni ixtiyoriy yo‘l bilan emas, faqat bilim orqali yengishga urinishimiz lozim. Masalan, ko‘chirish orqali undan o‘zib ketish sizga o‘sha vaqtdagina xursandchilik olib keladi, xolos;

Yordam so‘rash.

Raqobatchi do‘stlaringiz, ayni vaqtda, sizning yo‘ldoshlaringiz ham. Ular bilan tajriba almashish siz uchun ayni muddao. Aslida, raqobatchi do‘stingiz ham sizga o‘rgatish orqali bilimlarini takrorlab, mustahkamlab oladi. Lekin so‘rash kerak ekan deb hamma narsani so‘rayverish ham to‘g‘ri emas. Fikrlash kerak bo‘lgan o‘rinlarda tafakkurni ham ishga solish lozim;

To‘g‘ri tanlov.

Ko‘pchilik abituriyentlarni “tajribali abituriyent”ga aylantirayotgan muhim omil to‘g‘ri tanlovni amalga oshirmaslikdir. Qaysidir viloyatda aynan sizning yo‘nalishingizda o‘tish balli 142 ball bo‘layotganda Toshkentdagi 195 balli oliy o‘quv yurtiga kirishingiz shartmi? Ustiga, o‘zingiz ham o‘sha viloyatdan bo‘lsangiz. Modomiki, Toshkentda o‘qish birlamchi masala bo‘lsa, past balli joylar juda ham ko‘p.