Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Mandat 2024 Kirish ballari Yangiliklar DTM testlar Reklama

Test to‘lovlarini my.gov.uz orqali qaytarish imkoniyati yaratildi

22-oktabr 14:26
Test to‘lovlarini my.gov.uz orqali qaytarish imkoniyati yaratildi

Talabgorlarga qulaylik! Test to‘lovlarini endi my.gov.uz orqali qaytarish mumkin

Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan chet tili va umumta’lim fanlari bo‘yicha test sinovlarida uzrli sabablarga ko‘ra qatnasha olmagan talabgorlar endi to‘lovni my.gov.uz portali orqali qaytarib olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Talabgorlar my.gov.uz saytida murojaat yo‘llash orqali Bilimni baholash agentligining hisobvarag‘iga kelib tushgan to‘lov miqdorini qaytarib olishlari mumkin.

Ushbu xizmat sinov tariqasida ishga tushirilgan.