Janubiy Koreada top universitetlarning birida (MA) magistratura va (PhD)doktorantura kurslari uchun 100% lik grant dasturi
Muddati:
15.10.2021
Davlat:
Janubiy Koreya
Rasmiy havola:
Grant turi:
Bakalavriatura, Magistratura
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Umumiy Ma’lumotlar:
Janubiy Koreadagi Top universitetlarning bir-Gwangju Institute of Science and Technology (GIST) universiteti ma’muriyati (MA) magistratura va (PhD) doktorantura bosqichlari uchun barcha xarajatlar qoplanadigan 100% lik grant dasturini e’lon qildi. Ushbu dastur asosan (IT) axborot texnologiyalar yo‘nalishida tahsil olgan talabalar uchun. Jami ajratilgan grantlar soni 300 ga yaqin.
Grantning Manfaatli jihatlari:
- Kontrakt to‘lovi 100% qoplab beriladi;
- Magistratura bosqich talabalari uchun oylik stipendiya140,000 Won(120$) tayinlanadi;
- Doktorantura bosqichi talabalari uchun oylik stipendiya 295,000 Won) (210$) tayinlanadi;
- Oziq-ovqat xarajatlari uchun alohida 85$ ajratiladi(Talabalar ushbu grantni olish uchun oldingi semestrda 9 ta kreditga ega bo‘lishi lozim );
- Oldingi semestrni 4.5 ballik sistemada kamida 3.0 ballni qo‘lga kiritgan talabalarga qo‘shimcha yana 100$ beriladi.;
Ilmiy loyihalar olib borayotgan talabalar uchun:
- Magistratura bosqich talabalari uchun o‘rtacha 4.100$ bir martalik mablag‘;
- Doktorantura bosqich talabalari uchun o‘rtacha 10.500$ bir martalik mablag‘;
- Bir martalik Janubiy Koreaga kelish chiptasi qoplab beriladi;
- 80% tibbiy sug‘urta puli qoplab beriladi;
- Har yilgi bir martalik tibbiy ko‘rik;
Dastur uchun kerakli hujjatlar:
- Dastlab ushbu dastur uchun onlayn ariza topshirish zarur
- Diplom va baholar daftarchasi (Notariusdan tasdiqlangan bo‘lishi kerak) ;
- Passport nusxasi;
- Til bilish sertifikati( TOEFL (BT) 80 / TOEFL (PBT) 550 / IELTS 6.5 / TOEIC 750 / NEW TEPS 327);
Muhim: Dasturga qabul qilingan nomzodlar 680,000 KRW ($571) miqdorda bir martalik pulni to‘lashlari kerak. Moliyaviy tomondan muhtoj bo‘lgan talabalar ushbu pulni to‘lay olmasliklarini ma’lum qilgan holda boshqa talablarni bajarishlari kerak.