Toshkentlik o‘quvchi IELTS imtihonida 8 ball olib, stipendiyaga sazovor bo‘ldi
27.09.2024 01:09
Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmatiga ko‘ra, Toshkent tumani 15-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchisi Muhammadbilol Mirsobitov Xalqaro IELTS imtihonida 8 ballni qo‘lga kiritdi.
Tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tashabbusi bilan iqtidorli o‘quvchilarni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan stipendiyaga Muhammadbilol bir o‘quv yili davomida sazovor bo‘ladi.
Bu stipendiya yutuqlari bilan ajralib turgan o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlashda muhim rol o‘ynaydi.
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
Sertifikat haqidagi top maqollar
08-aprel 09:37
Maksimal ball beruvchi chet tili sertifikatlari 2026-yil
24-mart 11:00
Nomdor stipendiyalar soni 13 ta
11-mart 11:25