Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Transfer.edu.uz da ariza xatolarini tuzatish muddati uzaytirildi

14-avgust 11:26
Transfer.edu.uz da ariza xatolarini tuzatish muddati uzaytirildi

2024/2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalararo talabalar o‘qishini ko‘chirish va tiklash jarayonida transfer.edu.uz platformasi orqali yuborilgan arizalarda texnik kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan fuqarolarga xatolarini tuzatish imkoni berilmoqda. Ushbu imkoniyat 2024-yil 15-avgust kuni soat 17:00 gacha amal qiladi.

Bu muddat ichida fuqarolar o‘z arizalarini qayta ko‘rib chiqishlari, xatolarni tuzatishlari va hujjatlarni sifatliroq nusxalari bilan almashtirishlari mumkin. 15-avgust soat 17:00 dan keyin esa texnik kamchiliklarni bartaraf etish jarayoni to‘xtatiladi, va yangi arizalar topshirish imkoniyati bo‘lmaydi.

Bu imkoniyat talabalarning ariza topshirish jarayonida yuzaga kelgan texnik xatolarni o‘z vaqtida tuzatishga yordam beradi va ular uchun o‘qishlarini ko‘chirish jarayonini osonlashtiradi.