Grantlar

Vistula University Merit Scholarship: Polshada bakalavriat va magistratura kurslari uchun 100% lik grant!

Polshaning Varshava shahrida joylashgan Vistula universiteti bakalavriat va magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchi xorijlik talabalarga Vistula University Merit Scholarship dasturini taklif etmoqda.

1 217 ko'rish

Vistula University Merit Scholarship: Polshada bakalavriat va magistratura kurslari uchun 100% lik grant!

Polshaning Varshava shahrida joylashgan Vistula universiteti bakalavriat va magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchi xorijlik talabalarga Vistula University Merit Scholarship dasturini taklif etmoqda. Ushbu grant 2023-yilning oktyabr oyidan yoki 2024-yilning mart oyidan boshlanadigan oʻqish uchun jami 70 nafar talabaga beriladi.

Ushbu grantga hujjat topshirish sanalari quyidagicha:

  • 2023-yil oktyabrda boshlanadigan oʻqish uchun – 2021-yilning 1-avgustigacha;
  • 2024-yilning mart oyida boshlanadigan oʻqish uchun – 2024-yilning 15-yavarigacha.

Grant Vistula universiteti yoki Vistula mehmonnavonzlik maktabida (Vistula School of Hospitality) toʻliq asosda (full-time) ingliz tilida oʻqitiladigan bakalavriat yoki magistratura kurslarida tahsil olishni hamda ushbu oliygohlarning elchilari (ambassador) sifatida faoliyat yuritishni istagan iqtidorli yoshlarga taqdim etiladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat va magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma’lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu grantni qoʻlga kiritganlar oʻqish pulidan (tuition fee) toʻliq ozod qilinadi. Dastlab grant 1 yilga beriladi va talabaning aʼlo oʻzlashtirishi hamda qoʻshimcha mashgʻulotlardagi faolligiga qarab keyingi yillarga uzaytiriladi (yoki toʻxtatiladi).

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Polsha fuqarosi boʻlmasligi kerak.
  • Aʼlo akademik koʻrsatkichlarga ega (GPA 100 lik tizimda kamida 90%) va oʻqishdan tashqari mashgʻulotlarning faol ishtirokchisi boʻlish kerak.
  • Kamida IELTS 6.0 ball yoki shu darajaga teng boshqa xalqaro til sertifikatiga ega boʻlishi kerak.
  • Vistula universiteti yoki Vistula mehmonnavozlik maktabidagi ingliz tilida oʻqitiladigan bakalavrlik yoki magistrlik kurslaridan istalgan biriga qabul qilinishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Ushbu grantga hujjat onlayn shaklda quyidagi sanalargacha qabul qiliinadi:

  • 2023-yil oktyabrda boshlanadigan oʻqish uchun – 2023-yilning 1-avgustigacha;
  • 2024-yilning mart oyida boshlanadigan oʻqish uchun – 2024-yilning 15-yavarigacha.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Vistula University Merit Scholarship dasturiga onlayn tarzda BU YERDA ariza beriladi (2023-2024 o‘quv yili uchun). Grant uchun motivatsiya xati ham yoziladi.
  2. Roʻyxatdan oʻtish badali toʻlanadi (120 yevro).
  3. Vistula universiteti yoki Vistula mehmonnavozlik maktabidagi 2023-yil oktyabrda yoxud 2024-yil martda boshlanadigan, ingliz tilida oʻqitiladigan bakalavriat yoki magistratura dasturlaridan biriga hujjat topshiriladi.
  4. Oʻzingiz va yutuqlaringizni taʼriflovchi qisqa video tayyorlab, uni yuklaysiz.
  5. Vistula Merit Scholarship qoidalariga rozlik beriladi.

Bakalavriat yoki magistratura kurslariga qanday hujjat topshirish mumkinligi haqida BU YERDAN maʼlumot olishingiz mumkin.

MUHIM: Dasturga ariza topshirishga kirishishdan oldin rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan quyidagi kontaktlarga murojaat qilishingiz mumkin:

Email: vms@vistula.edu.pl

Telefon: +48 510 858 087 yoki +48 798 066 870.

manba: grantlar.uz

Ulashish

Aloqador maqolalar

MenTalaba.uz

Nega Hamma Mentalaba.uz Haqida Gapiryapti?

Mentalaba.uz – abituriyentlar va talabalar uchun eng so‘nggi yangiliklar, grantlar, imtihon natijalari va ta’lim imkoniyatlari. Nega hamma bu platforma haqida gapiryapti – bilib oling!

755 ko'rish

Grantlar

DTM natijasi chiqdi — endi nima qilaman?

Xalqaro Nordik Universiteti hali ham abituriyentlar uchun ochiq qabulni davom ettirmoqda. DTM balli yetarli bo‘lmaganlar ham universitetning ichki imtihoni, tanlov yoki akademik hujjatlar asosida talabalikka qabul qilinadi. O‘qish onlayn hujjat topshirish orqali tez va qulay tarzda amalga oshadi. 13 ta bakalavriat va 3 ta magistratura yo‘nalishlari mavjud bo‘lib, zamonaviy kampuslar, chet ellik o‘qituvchilar va xalqaro imkoniyatlar taqdim etiladi. IELTS, CEFR yoki DTM balliga ko‘ra 10–50% chegir

27 105 ko'rish

↑↓ tanlashEnter ochishEsc yopish