Xorijiy va nodavlat OTMdan o‘qishni davlat universitetiga faqat yozda ko‘chirish mumkin
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Qishki davrda faqat davlat OTM uchun 2 ta uzrli sababga ko‘ra o‘qishni ko‘chirishga ruxsat beriladi.
Nodavlat yoki xorijiy oliy ta’lim tashkilotlaridan mamlakat davlat OTMga o‘qishni ko‘chirish amaldagi tartibga muvofiq, faqat iyul-avgust oylarida tashkil etiladi.
Qishki davrda esa faqat davlat OTM uchun 2 ta uzrli sababga ko‘ra o‘qishni ko‘chirishga ruxsat beriladi:
➖ talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish uchun;
➖ davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).
Uzrli sabablarga ko‘ra o‘qishni ko‘chirish to‘g‘risidagi arizalar 20 dekabrdan 20 yanvar kuniga qadar hududiy ishchi guruhlar tomonidan qabul qilinadi.