Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Registon stipendiyasi - 2023 tanlovining 2-bosqichi

Registon ta’lim loyihasi Respublika miqyosida "REGISTON STIPENDIYASI" tanlovini e’lon qiladi.

Bu yerda tanlovning 2-bosqichi bo'lib o'tadi.

Imtihon turi: Yozma imtihon (Yozma imtihon savollari maxsus platforma orqali imtihon vaqti e’lon qilinadi).

Saralangan nomzodlar yozma imtihon topshirishlari bilan birgalikda, platforma orqali quyidagi hujjatlarni onlayn ravishda taqdim qiladilar:

  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID);
  • Xalqaro IELTS yoki chet tilini bilish darajasini belgilovchi Milliy sertifikat.

Bo‘lib o‘tadigan vaqt: Tanlovning 2-bosqichida nomzodlar tomonidan barcha hujjatlar platforma orqali 6-may kuni soat 09:00 dan 9-may kuni soat 20:00 ga qadar onlayn taqdim etiladi. Ikkinchi bosqich yakunlangandan so‘ng 10 kun davomida hujjatlar yig‘majildlari mutaxassislar tomonidan o‘rganib chiqilib, ishtirokchilarning umumiy natijalari maxsus kommissiya tomonidan tekshiriladi va natijalar e’lon qilinadi. 2-bosqich yakunlangandan so‘ng umumiy natijalar mandati shakllantiriladi va eng yuqori natijani qo‘lga kiritgan 200 (ikki yuz) nafar ishtirokchi finalga (3-bosqich) yo‘llanmani qo‘lga kiritadilar.

Batafsil: Tanlov yo'riqnomasi