Sirtqi ta’lim haqida bilishingiz kerak bo‘lgan muhim ma’lumotlar

Talabalik Nordikdan boshlanadi!
➡️ BATAFSILO‘zbekistonda sirtqi ta’limda o‘qish qanday imkoniyatlar beradi?
Bugungi kunda sirtqi ta’lim shakli ko‘plab yoshlar va ishbilarmonlar uchun moslashuvchan va amaliy yechim bo‘lib xizmat qilmoqda. Quyida sirtqi ta’limning asosiy imkoniyatlari bilan tanishing:
🕒 Ta’lim muddati:
-
O‘rta maxsus (kollej/litsey) bitiruvchilari uchun – 5 yil
-
Bakalavr diplomiga ega bo‘lganlar uchun (ikkinchi mutaxassislik) – 3-4 yil
✅ Diplom rasmiy va tan olinadi:
-
Sirtqi ta’lim shaklida olingan diplom kunduzgi ta’lim diplomi bilan teng.
-
Ishga joylashish, magistraturaga kirish, yoki chet elda o‘qishni davom ettirishda hech qanday muammo bo‘lmaydi.
❌ Davlat granti mavjud emas:
-
Sirtqi ta’limda o‘qish faqat to‘lov-kontrakt asosida olib boriladi.
-
Davlat granti sirtqi shakl uchun ajratilmaydi.
👥 Sirtqi ta’lim kimlar uchun mos?
-
Ish bilan birga o‘qishni davom ettirmoqchi bo‘lganlar uchun
-
Vaqtini mustaqil boshqarishni istaganlar uchun
-
Bilim olishni qadrlaydigan va o‘z ustida ishlashni xohlaydiganlar uchun
🔹 Sirtqi ta’limning afzalliklari:
-
Ish va o‘qishni birgalikda olib borish imkoniyati
-
Moslashuvchan dars jadvali
-
Mustaqil o‘rganish ko‘nikmasi shakllantiriladi
-
Diplom kunduzgi ta’lim diplomiga teng huquqli