OTM talabasi bo‘lgan xodimlarga o‘quv ta’tillari berish tartibi o‘zgardi

OTM talabasi bo‘lgan xodimlarga o‘quv ta’tillari berish tartibi o‘zgardi
Mehnat kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Endilikda kechki yoki sirtqi ta’lim shaklida o‘qiyotgan xodimlar uchun o‘rtacha ish haqi saqlangan holda ta’til muddati quyidagi tartibda belgilanadi:
O‘quv ta’tillari muddati
🔹 1-2-kurslar
- Kechki ta’lim (OTM) – kamida 20 kun
- Kechki ta’lim (o‘rta maxsus va professional ta’lim) – kamida 10 kun
- Sirtqi ta’lim (har qanday ta’lim muassasasi) – kamida 30 kun
🔹 3-kurs va undan yuqori kurslar
- Kechki ta’lim (OTM) – kamida 7 kun
- Kechki ta’lim (o‘rta maxsus va professional ta’lim) – kamida 20 kun
- Sirtqi ta’lim (har qanday ta’lim muassasasi) – kamida 40 kun
Eski tartib va yangi tartib o‘rtasidagi farq
🔸 Oldin sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan xodimlarga yo‘l harajatlarining 50 foizi qoplanishi ko‘zda tutilgan edi. Yangi tahrirda bu borada o‘zgarishlar mavjud.
🔸 Endilikda sirtqi ta’lim shaklida o‘qiyotgan xodimlarning o‘quv ta’tillari muddati aniq belgilangan va ish haqi saqlangan holda beriladi.
Bu o‘zgarishlar o‘qib, shu bilan birga ishlayotgan xodimlarga qulay sharoit yaratish va ularning mehnat huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.