Yakuniy imtihon 2025: 9- va 11-sinflar uchun rasmiy tartib e’lon qilindi

Talabalik Nordikdan boshlanadi!
➡️ BATAFSILYakuniy imtihon – 2025: 9- va 11-sinflar uchun rasmiy tartib
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 20-fevraldagi 65-sonli buyrug‘iga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilida yakuniy davlat attestatsiyasi (YDA) quyidagi tartibda o‘tkaziladi:
🗓 Imtihon sanasi:
-
9- va 11-sinflar uchun: 2025-yil 26-maydan 15-iyungacha
-
Jismoniy tarbiya (9-sinf): 2025-yil 1–6-may
-
Kasbiy ta’lim fanidan (11-sinf, ayrim maktablarda): 17–20-iyun
✅ Imtihon topshiriladigan majburiy fanlar:
9-sinf:
-
Ona tili va adabiyot / Davlat tili – yozma shaklda
-
Matematika – yozma shaklda
-
O‘zbekiston tarixi – og‘zaki yoki yozma
-
Jismoniy tarbiya – amaliy
11-sinf:
-
Ona tili va adabiyot / Davlat tili – yozma
-
Matematika (Asosiy yoki Chuqurlashtirilgan) – yozma
-
Tarix – yozma yoki og‘zaki
-
Tanlov fanlari (2 ta):
-
Biologiya, Fizika, Kimyo, Geografiya, Davlat huquq asoslari, Chet tili – yozma yoki og‘zaki
-
📌 Chuqurlashtirilgan matematika tanlaganlar faqat 1 ta tanlov fanidan imtihon topshiradilar.
📌 Tanlov fanlari o‘quvchining arizasiga asosan, imtihondan bir oy oldin aniqlanadi.
🟢 Sertifikati borlar uchun imtiyoz:
-
2-ilovada belgilangan milliy yoki xalqaro sertifikati bor o‘quvchilar (masalan, CEFR, IELTS, va h.k.) tegishli fandan YDA topshirmaydi, ular sertifikat bahosi asosida baholanadi.
🎯 Imtihon variantlari qanday aniqlanadi?
-
Yozma imtihonlar uchun imtihondan bir kun oldin qur’a tashlash yo‘li bilan 2 ta variant tanlanadi
-
Tanlangan variantlar rasmiy veb-saytda e’lon qilinadi
-
Respublika bo‘yicha barcha o‘quvchilar bir xil variant asosida imtihon topshiradi