Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Pedagoglar uchun ogohlantirish: attestatsiya to‘lovi qaytarilmaydi

05-may 10:09
Pedagoglar uchun ogohlantirish: attestatsiya to‘lovi qaytarilmaydi

Pedagog kadrlar uchun attestatsiyaga hujjat topshirishda e’tiborli bo‘lish shart. Hukumatning 2021-yil 17-sentabrdagi 572-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, ayrim hollarda attestatsiya uchun to‘langan yig‘im pullari qaytarilmaydi.

Quyidagi holatlarda to‘langan pul qaytarilmaydi:

  • Attestatsiyadan voz kechgan;

  • Amaldagi malaka toifasini himoya qila olmagan;

  • Attestatsiyadan o‘ta olmagan;

  • Noto‘g‘ri ma’lumotlar yoki qalbaki hujjatlar taqdim qilgan;

  • Navbatdan tashqari hujjat topshirib, aslida navbatdagi (majburiy) attestatsiyada qatnashishi kerak bo‘lgan.

Bunday hollarda attestatsiya jarayoni to‘xtatiladi va hech qanday mablag‘ qaytarilmaydi (Nizomning 25-bandi asosida).

Pul qaytarilmaydigan xatolarni oldini oling:

❗️ To‘lov qilishdan oldin quyidagilarni tekshiring:

  • Siz uchun hozirgi attestatsiya **majburiy (navbatdagi)**mi yoki navbatdan tashqarimi?

  • Sertifikatingiz muddatini aniqlang, aks holda arizangiz rad etilishi mumkin.

  • Rasmiy manbalar orqali aniqlik kiriting.

Qachon pul qayta undirilmaydi?

Agar pedagog kadr uzrli sabablarga ko‘ra attestatsiyaga kela olmasa (masalan: tibbiy sabab, davlat vazifasida ishtirok, chet el safarlari, yaqin qarindoshning vafoti), attestatsiya boshqa muddatga ko‘chiriladi, ammo yig‘im qaytadan olinmaydi.