Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

2025-yil 1-sentabrga qadar barcha maktablarga nazorat kamerasi va biometrik tizim o‘rnatiladi

13-oktabr 01:47
2025-yil 1-sentabrga qadar barcha maktablarga nazorat kamerasi va biometrik tizim o‘rnatiladi

O‘zbekistonning umumiy o‘rta ta’lim muassasalari hududining xavfsizligini ta’minlash va o‘quvchilar davomatini doimiy ravishda kuzatib borish maqsadida “Xavfsiz maktab” tizimi joriy qilinmoqda. Bu chora 2022-2026-yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dastur doirasida amalga oshiriladi

Dastlab, umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga nazorat kameralari va biometrik identifikatsiya tizimlarini o‘rnatish bilan bog‘liq moliyalashtirish manbalari aniqlanadi. Ushbu loyihaning ilk bosqichi sifatida, 2024-yil 1-yanvargacha kamida 130 ta maktabda “Xavfsiz maktab” tizimi joriy etilishi rejalashtirilgan.

2025-yil 1-sentabrga qadar esa bu tizim barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida to‘liq amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.