Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Ikki tomonlama xalqaro huquqshunos diplomli bo‘lish istagida bo‘lgan abituriyentlar diqqatiga! Qabul davom etmoqda.

26.07.2020 12:03
Ikki tomonlama xalqaro huquqshunos  diplomli bo‘lish istagida bo‘lgan abituriyentlar diqqatiga! Qabul davom etmoqda.

Ikki tomonlama xalqaro diplomli huquqshunos bo‘lish istagida bo‘lgan abituriyentlar diqqatiga

Siz uchun ajoyib imkoniyat taqdim etmoqdamiz!

✅ Toshkent davlat yuridik universiteti va Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti (GrDU, Belarus Respublikasi) xalqaro xususiy huquq boʻyicha bakalavriat darajasida qoʻshma ta’lim dasturini joriy etib, abiturientlar qabulini boshlamoqda.

Kirish uchun hujjatlar GrDU tomonidan 2020-yil 20-iyul kunidan 10-avgust kuniga qadar onlayn tarzda qabul qilinadi.

Hujjatlarni education@grsu.by elektron pochtasi orqali topshiring yoki GrDU va TDYU rasmiy veb-saytlarida, shuningdek (71) 233-13-95 telefoni orqali batafsil ma’lumot oling.

E’tibor bering: qoʻshma dastur abiturientlari hujjatni Davlat test markazi orqali emas, balki alohida topshiradilar. Shu bilan birga, bu umumiy tartibda hujjatlarni parallel ravishda topshirishni taqiqlamaydi.

Imtihon onlayn-suhbat orqali rus tilini bilish va huquqshunoslik sohasida oʻqish uchun motivatsiya boʻyicha oʻtkaziladi. O‘qish rus va qisman ingliz tillarida olib boriladi.