Nukus davlat pedagogika instituti
Nukus davlat pedagogika instituti O‘zbekistonning shimoliy hududidagi ilk oliy o‘quv o‘rninlaridan bo‘lib, u 1934 yili o‘sha vaqtda gi poytaxt hisoblangan To‘rtko‘l shahrida tashkil qilingan. Pedinstitut uzoq yillar davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi c ahosi uchun kadrlar tayyorlab kelgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasining ko‘pchilik davlat arboblari, jumladan, xalq xo‘jaligi, madaniyat va fan arboblari turli yillarda pedinstitutda tahsil olgan. Pedinstitutimizning bitiruvchilari O‘zbekistonning turli viloyatlarida, shuningdek, Turkmaniston, Qozog‘iston va chet davlatlarda faoliyat yuritmoqda. Institutimiz bitiruvchilari safida 6 nafar akademik, 5 nafar O‘zbekiston Qahramonlari bor ekanligidan faxrlanamiz. 1976 yil Qoraqalpoq davlat pedagogika instituti bazasida Nukus davlat universiteti tashkil etilgan.
1991 yilda qayta tashkil etilgan Nukus davlat pedagogika instituti esa O‘zbekistonda pedagogik kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini yuksaltirish borasida taraqqiy etayotgan yangi yondashuvning o‘ziga xos bir ko‘rinishidir. 1992 yildan e’tiboran institut qoraqalpoq xalqi e’zozlagan buyuk alloma-shoir Ajiniyoz nomi bilan atalib kelmoqda. Hozirgi kunga kelib institutda 9ta fakultet va 1 magistratura bo‘limi 21 ta bakalavriat yo‘nalishi va 7 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha yuqori malakali pedagoglar tayyorlanmoqda. Shuningdek, 3 ta mutaxassislik bo‘yicha tayanch doktarantura mavjud. Institut olimlari xalq tarixi va etnik tarkibi, arxeologiya va etnografiya, Orol dengizining qurishi oqibatida hududning flora va faunasiga ta’siri, til va adabiyot, qoraqalpoq xalqining yozma va og‘zaki yodgorliklarini o‘rganish borasida chuqur ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.
FAKULTETLAR
Tarix fakulteti
Filologiya fakulteti
Tabiatshunoslik fakulteti
Jismoniy tarbiya fakulteti
Fizika-matemetika fakulteti
Maktabgacha ta’lim fakulteti
Boshlang‘ich ta’lim fakulteti
Qoraqalpoq tili va adabiyoti fakulteti
Biologiya o`qitish metodikasi
5110400
Boshlang`ich ta'lim va sport-tarbiyaviy ish
5111700
Defektologiya: logopediya
5111901
Fizika va astronomiya o`qitish metodikasi
5110200
Geografiya o`qitish metodikasi
5110500
Jismoniy madaniyat
5112000
Kimyo o`qitish metodikasi
5110300
Maktab menejmenti
5611700
Maktabgacha ta'lim
5111800
Matematika o`qitish metodikasi
5110100
Musiqa ta'limi
5111100
O`zbek tili va adabiyoti
5111200
Pedagogika va psixologiya
5110900
Tarix o`qitish metodikasi
5110600
Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi
5110800
Texnologik ta'lim
5112100
Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili
5111400