Universitet tarixi va rivojlanishi
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti – mintaqa siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy, ijtimoiy hamda madaniy hayotining ajralmas qismiga aylanadi.
Asrlar mobaynida shakllangan millat zakovati, bebaho tarixiy-madaniy obidalar, betakror badiiy ijod, fan va ta'limni yaxlitlashtirgan masjid-madrasalarni ko'z qorachig'iday asragan xalqimiz uchun buyuk hamda muqaddas dargohlardan biri Qoraqalpoq davlat universiteti hisoblanadi.
43Yillik tarixiy xizmat49Bakalavr yo'nalishlari20Magistratura mutaxassisliklari200+Professor-o'qituvchilar
📅 Tarixiy bosqichlar
1934
O'qituvchilar institutining tayyorlov bo'limi – universitetning dastlabki shakli
1935
O'qituvchilar instituti – ta'lim sohasida birinchi qadamlar
1944
Pedagogik institut – ta'lim jarayonlarida rivojlanish
1958
Universitet masalasi ko'tarildi – akademik S.Kamalov tomonidan XVI konferensiyada universitet ochish taklifini berdi
1974
Markaziy Komitet qarori – "Nukus davlat universitetini ochish haqida" qarori 26-fevralda imzolandi
1976
Nukus davlat universiteti – 1-sentyabrdan boshlab ta'lim muassasasi sifatida faoliyat boshladi
1992
Berdaq nomidagi universitet – qayta nomlanib, yangi rivojlanish bosqichiga kirdi
👨🎓 Nufuzli rektorlar
Chardjov Abdirov1976-1985Tibbiyot fanlari doktori, akademik. Universitetning birinchi rektori. Moddiy-texnik bazani mustahkamlash va professor-o'qituvchilar tarkibini shakllantirish yo'lida alohida xizmatlar ko'rsatdi.M.K. Nurmuxamedov1985-1986Filologiya fanlari doktori, akademik. Fan rivojlanishi, ilmiy kadrlar tayyorlash va xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan aloqalarni kengaytirish yo'lida muhim o'rin egalladi.K. Mambetov1986-1988Filologiya fanlari doktori, professor. Universitet rivojlanishining keyingi bosqichlarida munosib o'rin egalladi.Q. O'teniyazov1989-2005Professor. Ikkinchi o'quv binosi va talabalar turar joylarining qurilishi, Berdaq milliy muzeyining ochilishi, ixtisoslashtirilgan kengashlarning tashkil etilishi kabi muhim ishlarni amalga oshirdi.Azat Matchanov2005-2012Biologiya fanlari doktori, professor. Yangi magistratura mutaxassisliklari tashkil qildi va "Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti axborotnomasi" ilmiy jurnalini tashkil qildi.Axmed Reymov2017-hozirgi vaqtTexnika fanlari doktori. Xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, ilg'or pedagogik texnologiyalarni joriy etish va raqobatbardosh yuqori malakali kadrlar tayyorlash yo'nalishida faoliyat olib bormoqda.
🏗️ Zamonaviy rivojlanish
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 20-maydagi PQ 1533-sonli qarori asosida universitet qayta tiklash va ta'mirlash dasturiga kiritildi. Bosh bino, o'quv binolari, talabalar turar joylari, Madaniyat saroyi, Sport kompleksi va Berdaq milliy muzeyi yirik kapital ta'mirlashdan chiqarilib, foydalanishga topshirildi.
🎯 Zamonaviy imkoniyatlar
- 🖥️ Zamonaviy axborot texnologiyalari
- 🎧 Lingafon xonalari
- 🧪 Ilg'or laboratoriyalar
- 📶 Wi-Fi zonalari
- 📚 Elektron kutubxona
- 💻 Kompyuter sinflari
- 📋 Elektron doskalar
- 🌐 Moodle tizimi
🎭 Madaniy rivojlanish
🎵«Hurliman» xalq ansambliQirq yildan ortiq faoliyat ko'rsatmoqda. Respublika bo'yicha bayram kechalari va xalqaro festivallarga qatnashib, milliy madaniyatni targ'ib qilmoqda.
🎭«Jayhun» teatr studiyasiO'zbekiston miqyosida o'tkaziladigan tanlovlarda g'olib bo'lib, universitet nomini ko'klarga ko'tarmoqda.
🏛️Berdaq milliy muzeyiMilliy madaniyat va qadriyatlarimizning timsoli, faqat universitetning emas, butun respublikamizning faxri hisoblanadi.
📰OAV vositalari«Qoraqalpoq universiteti» gazetasi va radiouzeli talabalarni o'zgarishlar va yangiliklardan xabardor qilish xizmatida.
🏆 Yutuqlar va natijalar
Universitet yoshlari orasida: Prezident, Navoiy, Ulug'bek stipendiyantlari, Zulfiya nomidagi mukofoti va «Nihol» mukofoti sovrindorlari, respublika va xalqaro tanlovlar g'oliblari, jahon va Osiyo chempionlari yetishib chiqmoqda.
Professor-o'qituvchilar tarkibi: 48 nafar fan doktori va professor, 200 nafardan ko'proq fan nomzodlari va dotsentlar faoliyat olib bormoqda. Ular orasida pedagogik mahorat va ilmiy tadqiqot salohiyati bilan xalqaro va respublika tanlovlarida g'olib bo'lganlar ham bor.
📈 Hozirgi mutaxassisliklar
🎓 Ta'lim yo'nalishlari
Mustaqillik yillari davlatimizda qishloq xo'jaligining, sanoatning jadal rivojlanishi bilan yangi mutaxassisliklar ochildi:
🛢️ Neft va gazni qayta ishlash
⚗️ Kimyo
👕 Yengil sanoat texnologiyasi
🏗️ Qurilish
🐟 Ixtiologiya
⚡ Elektroenergetika
Bu mutaxassisliklar Qo'ng'irot soda zavodi va "Surgil" gazni qayta ishlash kompleksi kabi yirik korxonalar uchun kadrlar tayyorlaydi.
🌟 Kelajak istiqbollari
Bugungi kunda kadrlar tayyorlashning ko'p bosqichli sistemasini amalga oshirishda bakalavr ta'lim yo'nalishi bo'yicha 49 ta, magistratura bosqichida 20 ta mutaxassislik bo'yicha yoshlar ta'lim olmoqda. Universitet jamoati bundan keyin ham katta muvafaqqiyatlarni qo'lga kiritib, mustaqil yurtimizning yorqin kelajagi yo'lida xizmat qiladi.
Universitetning www.karsu.uz sayti O'zbekiston Respublikasi oliy o'quv yurtlari saytlari orasida yetakchi o'rinni egallab turishi ushbu o'quv dargohida axborot texnologiyalaridan samarali foydalanilayotganligining dalilidir.