Oliygoh.uz Aniq maqsad - g'alabaga yetaklaydi.

Toshkent davlat texnika universitetining Olmaliq filiali

SHavkat Mirziyoevning tashabbuslari bilan  2017 yil 27 iyulidagi “Toshkent viloyatida sanoat-ishlab chiqarish sohasi uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorlariga muvofiq Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali tashkil etildi. Ushbu qarorga muvofiq filialda “Konchilik ishi va metallurgiya”, “Energetika va mashinasozlik” fakultetlari faoliyat boshladi. “Konchilik ishi va metallurgiya” fakulteti “Konchilik ishi”, “Metallurgiya”, “Umumkasbiy fanlar” kafedralarini, Energetika va mashinasozlik  fakulteti esa “Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari”, “Kimyoviy texnologiya”, “Mashinasozlik texnologiyasi” kafedralarini o‘z ichiga oladi.

Ta'lim yo'nalishlari, qabul kvotalari
Grant
Shartnoma
Tanlov
Mutaxassislik
Qabul kvotalari
Arizalar soni
Kirish ballari