Toshkent davlat pedagogika universiteti
Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti 1935 yil 14 sentyabrdagi O'zbekiston Respublikasi Xalq maorifi komissarligining 1364-sonli qaroriga binoan O'rta Osiyo Davlat universitetining pedagogika fakulteti zaminida tashkil etilgan.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 2 fevralidagi 77-sonli qaroriga muvofiq Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika institutiga universitet maqomi berilib, u respublikadagi akademik litsey, kasb-hunar kollejlari uchun pedagogik kadrlar - fan o'qituvchilari tayyorlaydigan yetakchi tayanch oliy o'quv yurti deb belgilandi.
Universitetda xorijiy (Janubiy Koreya) va MDH (Qozog'iston, Qirg'iziston, Turkmaniston) mamlakatlaridan ham talabalar tahsil olishmoqda.
Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti Respublikamizdagi eng salohiyatli va salmoqli oliy o'quv yurtlaridan biridir. Uning umumiy maydoni 77074,25 m2, shu jumladan o'quv maydoni 24694 m2ni tashkil etadi. Universitetning 11 ta fakultetida 66 nafardan ortiq fan doktorlari, professorlar hamda akademiklar, 225 nafardan ortiq fan nomzodlari, dotsentlar, 400 dan ortiq o'qituvchilar talaba va magistrantlarga fanlar asoslaridan tahsil bermoqdalar. Universitetda 7 ta o'quv bino, 8 ta talabalar uyi mavjud. Toshkent viloyati Xumson qishlog'ida joylashgan o'quv dala amaliyoti va sog'lomlashtirish bazasi (maydoni 6,5 ga) hamda Toshkent viloyati Qibray tumanidagi Tuzel qishlog'ida joylashgan agrobiostansiyalar (maydoni 13,5 ga) talabalar va professor-o'qituvchilar xizmatida.
FAKULTETLAR
Tarix fakulteti
Pedagogika fakulteti
Kasb ta’limi fakulteti
Chet tillari fakulteti
Tabiiy fanlar fakulteti
Fizika-matematika fakulteti
Chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakulteti
Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat fakulteti
Biologiya o`qitish metodikasi
5110400
Boshlang`ich ta'lim va sport-tarbiyaviy ish
5111700
Chaqiriqqacha harbiy ta'lim
5111500
Defektologiya: logopediya
5111901
Defektologiya: oligofrenopedagogika
5111903
Defektologiya: surdopedagogika
5111902
Fizika va astronomiya o`qitish metodikasi
5110200
Geografiya o`qitish metodikasi
5110500
Jismoniy madaniyat
5112000
Jismoniy madaniyat (xotin-qizlar sporti yo`nalishi bo`yicha)
5112001
Kimyo o`qitish metodikasi
5110300
Maktab menejmenti
5611700
Maktabgacha ta'lim
5111800
Maktabgacha ta'lim psixologiyasi va pedagogikasi
5112700
Matematika o`qitish metodikasi
5110100
Milliy g`oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi
5111600
Musiqa ta'limi
5111100
O`zbek tili va adabiyoti
5111200
Pedagogika va psixologiya
5110900
Psixologiya: amaliy psixologiya
5210203
Tarix o`qitish metodikasi
5110600
Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi
5110800
Texnologik ta'lim
5112100
Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili
5111400