Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

1-sinfni o‘qitadigan o‘qituvchilar oliy yoki birinchi toifali bo‘lishlari lozim

28-mart 01:06
1-sinfni o‘qitadigan o‘qituvchilar oliy yoki birinchi toifali bo‘lishlari lozim

✅ Mazkur mazmunda va ketma-ketlikda maktablarga quyidagi topshiriqlar yetkazilmoqda:

➖ 1.1-sinfni o‘qitadigan o‘qituvchilar oliy yoki birinchi toifali bo‘lishlari shart.

➖ 2.O‘qituvchining nutqi ravon, kreativ fikrlay oladigan, zamon talablariga mos bo‘lishi kerak. (o‘rta yosh bo‘lish kerak)

➖ 3. 1-sinfni olayotgan o‘qituvchi kamida 10 yillik tajribaga ega bo‘lishi lozim.

➖ 4. 1-sinf o‘qituvchisi yangi avlod darsliklaridagi ingliz tilida berilgan matematika, informatika faniga oid terminlarni yoddan bilishi kerak.

➖ 5.1-sinf o‘qituvchisining taʼlimiy bir yillik loyihasi bo‘lshi va shu loyiha asosida 1-sinfga dars bershi kerak.

➖ 6. 1-sinf o‘qituvchisi loyiha ustida ishlay oladigan ustoz ijodkor bo‘lishi va o‘quvchilarini ham ijodkorlikka unday oladigan bo‘lishi shart.