11-noyabr dam olish kunimi?
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
11-noyabr – Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kunini ishlanmaydigan bayram kuni sifatida e’lon qilish to‘g‘risidagi qonun hali imzolangani va kuchga kirgani yo‘q.
Shu sababli hozircha 11-noyabr ish kuni hisoblanadi, dam olish kuni emas.
Joriy yilda 11-noyabr shanba kuniga to‘g‘ri kelgani sababli, ushbu kun 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun dam olish kuni, 6 kunliklar uchun esa ish kuni bo‘ladi.
Mehnat kodeksiga ko‘ra, hozirda yurtimizda 9 ta ishlanmaydigan bayram kunlari mavjud:
- 1-yanvar – Yangi yil;
- 8-mart – Xotin-qizlar kuni;
- 21-mart – Navroʻz bayrami;
- 9-may – Xotira va qadrlash kuni;
- 1-sentyabr – Mustaqillik kuni;
- 1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni;
- 8-dekabr – Konstitutsiya kuni;
- Ramazon hayitining birinchi kuni;
- Qurbon hayitining birinchi kuni.
Manba: Xushnudbek.uz