13,5 ming nafarga yaqin abituriyent qo‘shimcha qabul parametrlari doirasida talabalikka tavsiya etildi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning:
- 180 ming nafarga yaqini — umumiy qabul parametrlari doirasida;
- 13,5 ming nafarga yaqini — imtiyozga ega abituriyentlar uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul parametrlari doirasida tavsiya etilgan.
Jumladan:
🔹 nogironligi bo‘lgan shaxslar — 3,5 ming nafar;
🔹 “Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar, SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari bitiruvchilari, shuningdek, vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar — 261 nafar;
🔹 muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lganlar — 4,2 ming nafar;
🔹 harbiy xizmatchilarning farzandlari — 2,1 ming nafar;
🔹 Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari — 720 nafar;
🔹 ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar — 1,9 ming nafar;
🔹 kamida 5 yil ish stajiga ega xotin-qizlar — 351 nafar.