2023-2024-o‘quv yili uchun 193 mingdan ziyod abituriyent talabalikka tavsiya etildi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijalariga ko‘ra 193 421 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi. Shundan:
- 42 655 nafari — davlat granti;
- 150 766 nafari — to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan.
Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti:
- Kunduzgi ta’lim shakli — 129 927 nafar;
- Sirtqi ta’lim shakli — 49 852 nafar;
- Kechki ta’lim shakli — 10 752 nafar;
- Masofaviy ta’lim shakli — 2 890 nafar.
Tanlov natijalariga ko‘ra:
- davlat granti asosida o‘rtacha ball — 119,3 ballni;
- to‘lov-kontrakt asosida o‘rtacha ball — 93,3 ballni tashkil etdi.