Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

2023/2024 o‘quv yili uchun "Перевод" qachondan boshlanadi?

18-may 11:06
2023/2024 o‘quv yili uchun

Xorijdan oʻqishni koʻchirish uchun arizalar 15-iyuldan 5-avgustga qadar qabul qilinadi.

Xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega bo‘lgan OTMlaridan O‘zbekiston OTMlariga o‘qishni ko‘chirish O‘zbekiston ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi qarori bilan amalga oshiriladi.

Kerakli hujjatlar:

  • ariza
  • reyting daftarchasi yoki akademik ma’lumotnoma nusxasi
  • pasport nusxasi

Imtihonlar yo‘nalishiga qarab test (5 ta fandan) yoki kasbiy (ijodiy) imtihon (majburiy 3 ta fandan test) shaklida o‘tkaziladi.

Maxsus sinov natijasi Davlat komissiyasiga taqdim etiladi va fuqaro Davlat komissiyasi qarori bilan ko‘rsatilgan o‘quv shaklidagi guruhlarga to‘lov-kontrakt asosida ko‘chiriladi.

Xorijiy OTMlarning magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar o‘qishini O‘zbekiston OTMlariga ko‘chirilishiga ruxsat etilmaydi.

• O‘qishni ko‘chirish uchun necha ball yig‘ish kerak? 👉 Maqolani ko‘rish