2024/2025-o‘quv yili kontrakt to‘lov muddatlari e’lon qilindi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Rasman: Kontrakt to‘lovini amalga oshirish muddatlari belgilandi
2024/2025-o‘quv yilidan boshlab, respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hamda tahsil olayotgan talabalar uchun kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish muddatlari belgilandi:
25% to‘lov miqdori: Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 2024-yil 15-sentyabrgacha yoki O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha, ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun 2024-yil 1-oktyabrgacha yoki oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori) tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha.
- 50% to‘lov miqdori: 2025-yil 1-yanvargacha,
- 75% to‘lov miqdori: 2025-yil 1-martgacha,
- 100% to‘lov miqdori: 2025-yil 1-maygacha yoki oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori) tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha to‘lab berilishi kerak.
Mazkur tartib moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalari uchun tavsiyaviy xarakterga ega.