Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

2025-yildan nodavlat OTMlar faoliyatida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

Kecha, 11:30
2025-yildan nodavlat OTMlar faoliyatida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

2025/2026-o‘quv yilidan boshlab nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tartibga soluvchi muhim o‘zgarishlar joriy etilmoqda. Quyida abituriyentlar va oliygohlar bilishi lozim bo‘lgan asosiy eslatmalar taqdim etiladi.

1. HEMIS tizimida ro‘yxatga olish majburiy

  • HEMIS dasturi asosida faoliyat yuritish talab etiladi.

  • HEMISga kiritilmagan talabalarga diplom berilmaydi.

2. Kontrakt shartnomalari faqat kontrakt.edu.uz orqali

  • Kontrakt shartnomalari faqat kontrakt.edu.uz platformasi orqali tuziladi.

  • Ta’lim krediti faqat shu tizim orqali berilgan shartnomalar uchun amal qiladi.

3. Qabul jarayonlari cheklangan

  • Nodavlat oliygohlar yiliga faqat bir marotaba (iyun-sentabr oylarida) qabul jarayonlarini o‘tkazishlari mumkin.

  • Xohlagan vaqtda qabul qilish amaliyoti bekor qilinadi.

4. Talaba qabuliga kvota cheklovi

  • 2025-yildan boshlab nodavlat OTMlar kunduzgi ta’lim shakliga qabul qilgan talabalar sonidan ortiq boshqa shakllarga (sirtqi, kechki, masofaviy) talaba qabul qila olmaydi.

  • Ya’ni: kunduzgi = sirtqi + kechki + masofaviy.

5. Akkreditatsiya tartibi kuchaytiriladi

  • Nodavlat oliygohlar har 4 yilda kompleks davlat akkreditatsiyasidan o‘tishi shart.

  • Bu jarayon ta’lim sifatini oshirish va nazorat qilishga qaratilgan.