Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

2025-yildan ona tili va tarix o‘qituvchilariga 50% ustama beriladi

25-fevral 07:44
2025-yildan ona tili va tarix o‘qituvchilariga 50% ustama beriladi

2025-yildan ona tili va tarix o‘qituvchilariga 50% ustama beriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi PФ-37-sonli Farmoniga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ona tili va adabiyot hamda tarix fanlari bo‘yicha dars beruvchi o‘qituvchilarga ustama to‘lash tartibi o‘zgaradi.

Kimlarga 50% ustama to‘lanadi?

📌 Biliм va malakalarni baholash agentligining milliy sertifikatiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga

📌 Ona tili va adabiyot hamda tarix fanlaridan dars beruvchilarga

📌 Ularning tarif stavkasiga nisbatan 50% miqdorida ustama to‘lanadi

Amaldagi tartib va o‘zgarishlar

🔹 2022-yil 11-maydagi PФ-134-son Farmoniga muvofiq, hozirda milliy sertifikatga ega bo‘lgan ona tili va tarix o‘qituvchilariga 20% ustama to‘lanadi

🔹 2025-yildan boshlab ushbu ustama 50% ga oshiriladi

Mazkur topshiriqning to‘liq bajarilishi uchun Makтабгача va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova shaxsan mas’ul etib belgilangan. Vazirlik hech qanday kechikishlarsiz 1-yanvardan boshlab mazkur qarorni amalga oshirishi shart.

Bu islohot ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchilarning motivatsiyasini kuchaytirish hamda milliy baholash tizimini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.