Abituriyent

2025-yilgi milliy sertifikat imtihoni natijalari chiqdi

Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi! Natijalarni my.gov.uz orqali bilib oling va sertifikatning taqdim etgan imtiyozlarini ko‘rib chiqing.

24 761 ko'rish

Yangilangan:

2025-yilgi milliy sertifikat imtihoni natijalari chiqdi

2025-yilgi milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi

25-26-yanvar kunlari bo‘lib o‘tgan kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi. Imtihonda ishtirok etgan talabgorlar my.gov.uz saytidagi "Mening arizalarim" bo‘limi orqali o‘z natijalarini bilishlari va sertifikatni elektron shaklda yuklab olishlari mumkin.

Baholash mezonlari

Test natijalari xalqaro Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, to‘plangan ballar quyidagicha baholanadi:

  • 70+ ball – A+ daraja
  • 65 – 69,9 ball – A daraja
  • 60 – 64,9 ball – B+ daraja
  • 55 – 59,9 ball – B daraja
  • 50 – 54,9 ball – C+ daraja
  • 46 – 49,9 ball – C daraja

Sertifikat imtiyozlari

Sertifikat egalari OTM bakalavriatiga kirish test sinovlarida tegishli fandan quyidagi imtiyozlarni qo‘lga kiritadi:

  • A+ va A darajali sertifikat – mutaxassislik fanidan maksimal ball
  • B+, B, C+ va C darajali sertifikat – mutaxassislik fanidan proporsional ball

Shuningdek, akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikatga ega bo‘lgan o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.

Ulashish

Aloqador maqolalar

↑↓ tanlashEnter ochishEsc yopish