345 ming abituriyent 56,7 ball ham to‘play olmadi: joriy yilgi test natijalari
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
345 ming abituriyent 56,7 ball ham to‘play olmagan
Joriy yilda 737 ming 351 nafar abituriyent testga kirgan. Bu o‘tgan yilgiga qaraganda 151 mingga kam.
Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra:
- 345 ming 869 nafari (46,9%) 56,7 balni ham to‘play olmagan.
- 391 ming 482 nafar (53,1%) 56,7 dan ko‘proq ball to‘plagan.
O‘tgan yil bilan solishtirganda:
- 2023-yilda 49,4% foiz, ya’ni 439 ming abituriyent 56,7 ball to‘play olmagan.
- 2024-yilda bu ko‘rsatkich 2,5% ga yaxshilandi.
2024-yilda:
- Eng yomon ko‘rsatkich Sirdaryo viloyatida (51,8%)
- Yaxshiroq natija Toshkent shahrida (35,9%)
O‘tgan yilda:
- 8 ta hududda abituriyentlarning 50 foizdan ko‘prog‘i 56,7 balldan past ball olgan edi.
- Joriy yilda bunday hududlarning soni 4 taga tushdi (Jizzax, Navoiy, Qashqadaryo va Toshkent viloyati).
Natijasini eng ko‘p yaxshilagan 5 ta hudud:
Hudud | Yaxshilanish foizi |
---|---|
Toshkent shahri | 4,9% |
Toshkent viloyati | 4,9% |
Jizzax | 3,7% |
Buxoro | 3,5% |
Sirdaryo | 3,1% |
O‘tgan yilgiga qaraganda natijasi yomonlashgan hudud yo‘q, barcha hududlarda o‘sish kuzatilgan.
Umuman olganda yildan yilga yaxshi tomonga o‘zgarish bor.