5 yil stajga ega xotin-qizlar uchun tavsiyanoma olish muddati 31-maygacha

Talabalik Nordikdan boshlanadi!
➡️ BATAFSIL5 yillik stajga ega xotin-qizlar uchun oliy ta’limga imtiyozli qabul
O‘zbekiston hukumati tomonidan kamida 5 yil stajga ega, oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar uchun oliy ta’limda o‘qish imkoniyati yaratilmoqda. Ular davlat oliy ta’lim muassasalariga alohida qabul parametrlari doirasida, ya’ni 500 ta kvota asosida kontrakt bo‘yicha qabul qilinadi.
Ushbu imtiyozdan foydalanish uchun talabgorlar Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining tavsiyanomasiga ega bo‘lishi shart.
Tavsiyanoma olish muddati va shartlari
-
Ariza topshirish muddati: 2025-yil 31-maygacha (shu kuni ham)
-
Murojaat manzili: Talabgorlar doimiy yoki vaqtinchalik ro‘yxatda turgan hududdagi tuman (shahar) xotin-qizlar bo‘limlariga murojaat qilishlari kerak
Tavsiyanoma olish mezonlari:
Tavsiyanoma olish uchun quyidagi uchta mezonga bir vaqtning o‘zida mos kelish lozim:
• O‘rta maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lishi • Hali oliy ta’lim olmagan yoki hozirda o‘qimayotgan bo‘lishi • Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi
Avvalgi yillardagi tavsiyanomalar haqida
-
2023 va 2024-yillarda tavsiyanoma olgan, lekin o‘qishga kira olmagan xotin-qizlar yana hujjat topshirishi shart emas
-
2022-yilda olingan tavsiyanomalar muddati tugagan, yangi tavsiyanoma olinishi kerak
-
O‘qishga kirganlar uchun avvalgi tavsiyanoma kuygan hisoblanadi
Taqdim etilgan hujjatlar 1–7-iyun kunlari Ishchi guruhlar tomonidan ko‘rib chiqiladi. Shundan so‘ng, tavsiyanoma berish yoki rad etish bo‘yicha qaror qabul qilinadi.
Eslatma: Tavsiyanoma imtihon ballariga qo‘shimcha bermaydi, faqatgina imtiyozli qabul kvotasida qatnashish huquqini beradi.