Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Abituriyentlar haydovchilik guvohnomasi bilan testga kirsa bo‘ladimi?

04-avgust 14:54
Abituriyentlar haydovchilik guvohnomasi bilan testga kirsa bo‘ladimi?

Bilim va malakalarini baholash agentligi imtihonga pasport (ID karta) bilan kelish kerakligini aytgandi. Lekin, aslida abituriyentlar test sinovlariga quyidagi shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar bilan kirishlari mumkin:

  1. Biometrik pasport (yashil rangli);
  2. ID-karta;
  3. Xorijga chiqish pasporti (qizil rangli);
  4. Haydovchilik guvohnomasi (faqat yangi shakldagisi bo‘lsagina);
  5. harbiy xizmatchilar uchun harbiy guvohnoma (harbiyda ishlamaydiganlar uchun o‘tmaydi).

Yuqoridagilar O‘zbekiston Respublikasi hududida shaxsni tasdiqlovchi rasmiy hujjatlar hisoblanadi va ularning istalgan biri bilan test sinovlariga kelishingiz mumkin. Faqat hujjat bilan birga abituriyent ruxsatnomasini ham olishni unutmang.

Aytganday, imtihonga kerakli xujjatlardan tashqari, asosiy narsa – mustahkam bilim bilan ham kirishni unutmang. Ko‘pchilik tavakkal kiryapti ekan:)