Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Abituriyentlar va talabalar uchun 4 milliard so‘mlik “Millat Umidi” granti eʼlon qilindi

28-may 13:09
Abituriyentlar va talabalar uchun 4 milliard so‘mlik “Millat Umidi” granti eʼlon qilindi

Millat Umidi University IDP IELTS, Cambridge International College, Result School va ISystem bilan hamkorlikda, Respublika miqyosida abituriyentlar uchun umumiy miqdori 4 milliard so‘m bo‘lgan “Millat Umidi Granti” tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovning asosiy maqsadi - Respublikamizda tahsil olayotgan maktab bitiruvchilari, abituriyentlar va talabalarni ta’lim olishini rag‘batlantirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularni moliyaviy rag‘batlantirishdan iborat.

Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish Millat Umidi University ning xalqaro toifadagi professor-ustozlari va mutaxassislardan tarkib topgan maxsus komissiya tomonidan amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun, Millat Umidi University – bu Buyuk Britaniyaning Pearson BTEC xalqaro dasturi asosida ta’lim beradigan O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasasidir. Universitet haqida barcha ma’lumotlarni millatumidi.uz veb-sahifasidan olishingiz mumkin.

Tanlov g‘oliblari “Millat Umidi Granti” tanlovining g‘oliblik sertifikati va Millat Umidi University ning maxsus granti bilan taqdirlanadi. Shuningdek, tanlovda ishtirok etgan nomzodlarning barchasiga maxsus QR-kodli sertifikatlar beriladi. Va g‘olib talabalar hamkor korxonalarda suhbat asosida tajriba oshirishlari mumkin bo‘ladi.

Tanlovda qatnashing, bilimingizni sinovdan o‘tkazing hamda eng nufuzli universitet talabasiga aylaning!

Tanlov tashkilotchilari:

  • Millat Umidi University, OLIYGOH.UZ jamoasi, IDP IELTS, Cambridge International College, Result School va ISystem.

Tanlov kimlar uchun?

  • Maktab bitiruvchilari, abituriyentlar hamda talabalar uchun

Grant uchun kvota:

  • Grant g‘oliblari soni joriy o‘quv yilida 100 dan ortiq talaba uchun belgilangan.

Ro‘yxatdan o‘tish oxirgi sanasi:

  • 7-iyun, 2024 yil, soat 22:00

Qanday ro‘yxatdan o‘tiladi?

“Millat Umidi Granti” tanlovida ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar tanlovning maxsus telegram boti orqali ro‘yxatdan o‘tadi. Ushbu manzil orqali ishtirokchilar o‘zlarining shaxsiy ma’lumotlarini taqdim etadilar va bu orqali OLIYGOH.UZ platformasida nomzodlarning maxsus “Shaxsiy kabineti” shakllantiriladi.

Tanlov ishtirokchilari ro‘yxatdan o‘tish vaqtida shaxsiy ma’lumotlarining to‘g‘ri va aniq to‘ldirilayotganligiga ahamiyat berishlari lozim.

Tanlov bosqichlari

“Millat Umidi Granti” tanlovi 3 bosqichdan iborat.

Birinchi bosqich

Test-imtihon shaklida tanlovda ishtirok etuvchi nomzodlar OLIYGOH.UZ platformasi orqali Respublika miqyosida onlayn imtihon topshiradilar.

Imtihon turi: IQ va Ingliz tilining turli darajalariga oid 50 ta test savoli.

Imtihon tili: O‘zbek va ingliz tillarida

Bo‘lib o‘tadigan vaqt: Tanlovning 1-bosqichi 6-iyun kuni soat 18:00 da boshlanadi va 7-iyun kuni 23:59 da hamma uchun imtihon oynasi yopiladi. Shu vaqt oralig‘ida barcha nomzodlar shaxsiy kabinet orqali birinchi bosqichning imtihon oynasida 60 daqiqa davomida test imtihoni savollariga javob berishlari mumkin. Diqqat qiling - 1-bosqich testini 6-iyun 23:00 dan keyin boshlagan ishtirokchiga test ishlash uchun jami 23:59 ga qadar qolgan vaqt beriladi.

1-bosqich yakunlangandan so‘ng umumiy natijalar mandati shakllantiriladi va eng yuqori natijani qo‘lga kiritgan 5000 (besh ming) nafar ishtirokchi 2-bosqichga o‘tkaziladi.

Ikkinchi bosqich

Bu bosqich hujjatlar topshirish bosqichi bo‘lib, grant tanlovida ishtirok etayotgan nomzodlar OLIYGOH.UZ platformasida shakllantirgan “Shaxsiy kabinet” orqali belgilangan tartibda hujjatlarni taqdim etadilar.

Imtihonlardan saralangan nomzodlar quyidagi hujjatlarni onlayn ravishda maxsus platforma oynasi orqali taqdim qiladilar:

  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID);
  • Xalqaro imtihon sertifikatlari (agar majvud bo‘lsa: IELTS, SAT);
  • Turli tanlov, olimpiada, musobaqa va loyihalarda erishgan yutuqlari;
  • Motivatsion xat (Motivatsion xat mavzusi: "why I deserve Millat Umidi scholarship?" Nomzodlar nima uchun o‘zlarini “Millat umidi Granti” tanlovida g‘oliblikga loyiq deb bilishlari hamda oldilariga qo‘ygan maqsadlari to‘g‘risida yozilgan maxsus motivatsion xat. Bunda nomzodarning mustaqil fikrga egaligi, xatda aytilgan fikrlarning izchilligi va ravonligi, shuningdek, xulosaning o‘ziga xosligi alohida ahamiyatga ega hisoblanadi. Motivatsion xat o‘zbek yoki ingliz tilida (ingliz tilida yozilgan xat o‘quvchining imkoniyatini oshiradi) taqdim qilinadi.

Barcha hujjatlar nomzodlar tomonidan platforma orqali 8-Iyun dan 15-iyunga qadar onlayn taqdim etiladi. Nomzodlarning hujjatlar yig‘majildlari mutaxassislar tomonidan o‘rganib chiqilib, umumiy ballar hisoblab chiqiladi va natijalar e’lon qilinadi. Qatnashuvchilarga ingliz tilida xat yozish bo‘yicha Universitet proffessorlari va o‘qituvchilar tomonidan online va offline vebinarlar o‘tkazilib beriladi.

2-bosqich yakunlangandan so‘ng umumiy natijalar mandati shakllantiriladi va eng yuqori natijani qo‘lga kiritgan 2000 (ikki ming) nafar ishtirokchi finalga (3-bosqich) yo‘llanmani qo‘lga kiritishadi.

Uchinchi bosqich

Ushbu bosqich “Millat Umidi Granti” tanlovining eng asosiy bosqichi bo‘lib, ishtirokchilar bu bosqichda maxsus yozma imtihondan o‘tishadi.

Bolib otadigan vaqt va manzil: tanlovning 3-bosqichi 23-30 iyun kunlari saralangan nomzodlar o‘rtasida Millat Umidi University maxsus imtihon binosida bo‘lib o‘tadi.

Imtixon 2 qismdan iborat bo‘ladi:

  • Ingliz tili darajasini aniqlash imtixoni (Eshitish, O‘qish, Yozish);
  • Matematika va mantiqiy tahliliy test.

Ingliz tili imtihoni umumiy 100 balldan iborat bo‘ladi, shunda:

  • Listening – 30 ta savol, Part 1, Part 2, Part 3 – maksimum 30 ball;
  • Reading – 30 ta savol, Passage 1, Passage 2 – maksimum 30 ball;
  • Writing – Essay, 250 ta so‘z – maksimum ball 40 ball.

Matematika + Mantiqiy-tahliliy imtihoni:

Matematika va Mantiqiy-tahliliy imtihoni umumiy 60 balldan iborat bo‘ladi, shunda umumiy 30 ta savoldan iborat. Har bir savol javobi uchun 2 balldan belgilangan.

  • 60% Matematika savollari;
  • 40% mantiqiy-tahliliy savollar.

Yakuniy bosqich sanasidan so‘ng, 14 kun davomida ishtirokchilarning imtihon natijalari maxsus komissiya tomonidan shaffoflik bilan tekshiriladi va natijalar e’lon qilinadi. Eng munosib deb topilgan nomzodlar tanlovning mutlaq g‘oliblari deb e’lon qilinadi.

Tanlov g‘oliblarini rag‘batlantirish

Tanlovi g‘oliblari Millat Umidi University ning maxsus tadbirlar zalida tantanali ravishda taqdirlanadi.

Tanlovda qatnashib, sovrinli o‘rinlarni egallagan yoshlar quyidagicha rag‘batlantiriladi:

  • Eng yuqori natija ko‘rsatgan 20-30 nafar nomzodga Millat Umidi University ning maxsus 100% foizlik ta’lim granti (Ushbu grant talabaning 1 yillik o‘quv yili kontraktini to‘lab berishni nazarda tutadi) va “Millat Umidi Granti” tanlovining g‘oliblik sertifikati.
  • Final bosqichida faol ishtirok etib, natijalari yuqori deb e’tirof etilgan navbatdagi 30-40 nafar nomzodga Millat Umidi University ning maxsus 50% foizlik ta’lim granti (Ushbu grant talabaning yarim yillik o‘quv yili kontraktini to‘lab berishni nazarda tutadi) va “Millat Umidi Granti” tanlovining g‘oliblik sertifikati.
  • Final bosqichida faol ishtirok etgan va motivatsion xati yuqori baholangan talabalarga 20%, 40% ta’lim grantlarini ajratish ko‘zda tutilgan.

Tanlovda ishtirok etgan nomzodlarning barchasiga maxsus QR-kodli sertifikatlar onlayn topshiriladi. Sertifikatlar OLIYGOH.UZ platformasida “Shaxsiy kabinet” orqali ishtirokchilarga yuboriladi.

Tanlovga ro‘yxatdan o‘tish

Tanlov bo‘yicha savollar va murojaatlar bo‘lsa @millatumidibot manziliga yozishingiz mumkin.

Millat Umidi University o‘zining bo‘lajak eng iqtidorli talabalariga omad tilaydi!

Ma’lumot uchun Millat Umidi University 2020-yilda Umidjon Ishmukhamedov tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, 2021-2022 o‘quv yilida 500 dan ortiq talabalar xalqaro Pearson BTEC dasturi doirasida tahsil oldi. Bizning Universitet Buyuk Britaniyaning Pearson BTEC xalqaro dasturi asosida ta’lim beradigan oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Universitet maqsadi talaba manfaati va tadbirkor ehtiyojini birlashtiruvchi ko‘prik vazifasini bajarib, zamon talablariga mos Biznes, Moliya, IT va ELT (ingliz tili o‘qitish) yo‘nalishlarida barchaga milliy va xorijiy dasturlar asosida sifatli ta’lim imkoniyatlarini yaratishdir.

Bizning asosiy kuchimiz yuqori malakali professor-o‘qituvchilar va fidoyi xodimlarning kuchli jamoasi Hozirda Novzadagi 5 qavatlik zamonaviy o‘quv binoimizda(A,B va C binolarda) leksiya zallar, maxsus IT xonalari, seminar xonalar, Cambridge Cafesi, kutubxona va co-working zonalar va talabalar uchun do‘stona atmosfera yaratilgan.

Biz hozirda universitetni boshqa oliygohlardan ajratib turadigan bir qator afzalliklarni taklif qilamiz. Zamonaviy talablarga mos dasturlar, innovatsion metodlar asosida professional ustozlar ishtirokida ilm olish va Biznes, Moliya, Axborot texnologiyalari, ingliz tili o‘qitish sohasida muvaffaqiyatga erishish istagida bo‘lgan barchaga sifatli, Eksklyuziv 5 yangi bakalavr fakultetlarini tanlash imkoniyatini yaratdik, bular:

— Xalqaro Pearson BTEC Biznes dasturi (Marketing, HR)

— Amaliy Buxgalteriya va Moliya (ACCA oriented);

— Axborot Texnologiyalari (IT, Dasturiy ta’minot muhandisligi);

— Ingliz tili filologiyasi (IELTS, TKT, CELTA)

— Biznes boshqaruvi (Milliy O‘zbek tilida);

Ushbu dasturlar doirasida olingan bilimlar bitiruvchilarga o‘zlari tanlagan sohada xalqaro ta’lim muhitini yaratish imkonini beradi.

Universitetning rasmiy veb-sahifasi: https://millatumidi.uz