Abituriyentlar “yurisprudensiya” yo‘nalishidagi OTMlarga suhbat asosida qabul qilinadi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Endilikda abituriyentlar “yurisprudensiya” yo‘nalishidagi OTMlarga suhbat asosida qabul qilinadi
Vazirlar Mahkamasining “Davlat ta’lim muassasalarida yuridik ta’limning uzluksiz tizimini joriy etish hamda voyaga yetmagan yoshlarning huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi. Ushbu qarorga muvofiq, endilikda yuridik texnikumlar negizida Toshkent davlat yuridik universitetining akademik litseylari tashkil qilinadi. Ularning iqtidordli bitiruvchilari “yurisprudensiya” yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalariga suhbat asosida test sinovlarisiz qabul qilinishi tasdiqlandi.
Shuningdek, qarorda quyidagi bandlar ham belgilab qo‘yilgan:
- Maktablarda “Huquq sinfi” va huquq fanlarini chuqurlashtirilgan holda o‘qitishni tashkil etish orqali yuridik kadrlarni tayyorlashda “maktab–litsey–texnikum–universitet” tizimini joriy etish
- Adliya vazirligining maxsus platformasi orqali huquq fani o‘qituvchilarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini uzluksiz oshirib borish hamda ularni metodik ta’minlash tizimini yo‘lga qo‘yish
- O‘quvchilar orasida “Huquq bilimdoni” fan olimpiadasi, huquq fani o‘qituvchilari orasida “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovini o‘tkazib borish
- Maktab o‘quvchilarining huquqiy bilimlarini mustaqil o‘zlashtirishiga qaratilgan ko‘rgazmali o‘quv qo‘llanmalari, videoroliklar, kompyuter o‘yinlari va mobil ilovalarni yaratish
Ushbu qaror orqali yuridik ta’limni yanada samarali va uzluksiz qilish maqsad qilingan. Suhbat asosida qabul qilish tizimi yuridik ta’limning sifatini oshirishga xizmat qiladi.