Alisher Qodirov: Maktabgacha va maktab ta’limida yetarlicha ishlar qilinmayapti
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
"Milliy tiklanish" partiyasi rahbari Alisher Qodirov Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi faoliyatiga nisbatan o‘zining keskin fikrlarini bildirdi. U, ta’lim tizimiga kerakli mablag‘ ajratilgan bo‘lsa-da, vazirlik tomonidan yetarlicha samarali ishlar amalga oshirilmayotganini tanqid qildi. Qodirov bog‘cha va maktablarda ko‘zga ko‘rinarli o‘zgarishlarning yo‘qligini ta’kidladi.
Alisher Qodirov tanqid doirasida, Andijonda og‘ir mehnatga jalb qilingan o‘qituvchilardan birining qo‘li singanligi haqidagi xabarni misol qilib keltirdi. U tarbiyachi va o‘qituvchilarning o‘z ish o‘rnini saqlab qolish uchun tinimsiz ishlashi va ish beruvchi oldida malakasini tasdiqlashi kerakligini aytdi. Qodirov bu kabi chora-tadbirlarning tarbiya va ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilishi lozimligini ta’kidladi.
Shuningdek, u ta’lim tizimida real natijalar ko‘rinishi uchun bugungi kunda tizimli ishlar olib borilishi zarurligini urg‘uladi. Masalan, bugungi kunda bog‘chalarda ishlayotgan 126 ming tarbiyachidan faqat 48 ming nafari oliy ma’lumotga ega. Bu holatni o‘zgartirish va tarbiyachilar malakasini oshirish zarurligini aytdi.
Qodirov vazirlikni tanqid qilib, deputatlarning joylardagi vaziyatni ko‘rib, xato qilayotganlarini savol ostiga oldi va vazirlikning faoliyatini xalq vakillariga izoh berish lozimligini ta’kidladi. U, shuningdek, Vazir Umarovaning Parlamentda o‘z hisobotini biron marta ham taqdim qilmaganini aytib o‘tdi.
"Tarbiya va ta’limda statistikaga asoslanib o‘zimizni aldamasligimiz kerak, bu kelajakka xiyonatdan boshqa narsa emas!" — dedi Alisher Qodirov.