Andijon davlat tibbiyot institutida yangi ta’lim yo‘nalishi ochiladi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Andijon davlat tibbiyot institutida 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab “Sanoat farmatsiyasi” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda 18-iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyati faollari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda davlat rahbari ta’kidladi.
“Andijon davlat tibbiyot institutining kafedra mudirlari tuman va shahar tibbiyot birlashmalari faoliyatiga amaliy yordam berish uchun mas’ul sifatida biriktiriladi. Bundan tashqari, ikki oy muddatda Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasida angiograf apparati o‘rnatilib, yurak-qon tomir tizimida o‘tkaziladigan jarrohlik operatsiyalarining turi va soni ko‘paytiriladi”, — dedi davlat rahbari.
Eslatib o‘tamiz, Prezidentning 2020 yil iyun oyidagi qarori asosida Toshkent davlat agrar universiteti Аndijon filiali negizida Аndijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti tashkil etilgandi. Institutda ta’lim faoliyati 2020/2021-o‘quv yilidan boshlandi. Shu o‘quv yilidan Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti ham tashkil etildi.