Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Arab tilini bilish darajasini aniqlash imtihoni uchun talabgorlar onlayn ro‘yxatga olinmoqda

30-mart 19:31
Arab tilini bilish darajasini aniqlash imtihoni uchun talabgorlar onlayn ro‘yxatga olinmoqda

Attanal Alarabi – arab tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljallangan xalqaro imtihonlardan biri bo‘lib, unda nomzodlarning:

  • tinglab tushunish;
  • o‘qish;
  • gapirish;
  • so‘z boyligi va grammatika;
  • yozish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi.

Mazkur imtihonda ishtirok etish istagini bildirgan talabgor my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, imtihonda ishtirok etishlari mumkin.

Talabgorlarni ro‘yxatga olish va to‘lovni amalga oshirish (990 000 so‘m) 15-aprel kuniga qadar davom etadi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://my.uzbmb.uz/ilmiy/56

Test sinovi 16-aprel kuni Bilimni baholash agentligi binosida (Toshkent shahri Bog‘ishamol ko‘chasi 12-uy, mo‘ljal: “Bodomzor” metro bekati) bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun: mazkur sertifikatga ega bo‘lgan talabgorlar Prezidentning PQ-5117-son qarorida belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.