Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Arizona universiteti stipendiya dasturiga arizalar qabul qilmoqda

24.02.2023 01:04
Arizona universiteti stipendiya dasturiga arizalar qabul qilmoqda

Foto: 2U

AQShning Arizona universiteti stipendiya dasturiga arizalar qabul qilmoqda.

Unda butun dunyodan nomzodlar bakalavr, magistratura va PhD uchun hujjat topshirishi mumkin.

Universitetda barcha asosiy fanlar va mutaxassisliklar, xususan, muhandislik va texnologiya, matematika, jurnalistika, qishloq xo‘jaligi fanlari kabilar mavjud.

Dastur o‘z ichiga to‘liq o‘qish to‘lovini, bepul turar joy, tibbiy sug‘urta, aviachiptalarni oladi.

Bundan tashqari, 1-kurs uchun yiliga $4000 dan $35 000gacha stipendiya beriladi.

Hozir yozgi va kuzgi semestr uchun qabul ketmoqda. Arizalarni joriy yilning 1-mayigacha jo‘natish mumkin.

Nomzodlar til bilish sertifikati, transkriptlar va bayonnoma kabi hujjatlarni onlayn jo‘natishlari kerak.

Dastur haqida batafsil ma’lumotni bu yerdan olish mumkin.