Ayrim maktablar xodimlariga har oylik 100 foizgacha ustama to‘lanadi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
2024 yil 1 sentyabrdan ixtisoslashtirilgan sport maktablari xodimlariga har oylik 100 foizgacha ustama to‘lash tartibi joriy etiladi. Bu haqda joriy yil 22 iyunda qabul qilingan Prezidentning "Toshkent shahrida boks va gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktablari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmonida belgilab qo‘yildi.
Ixtisoslashtirilgan sport maktablarida joriy etiladigan tartiblar
Farmonga ko‘ra, 2024 yil 1 sentyabrgacha:
- Ixtisoslashtirilgan sport maktablari uchun maqbullashtirilgan o‘quv rejalar ishlab chiqiladi. Bunda O‘zbekiston tarixi va ingliz tili fanlarining chuqurlashtirilgan holda o‘qitilishiga hamda umumlashgan tabiiy fan va sport psixologiyasining zamonaviy usullarda o‘rgatilishiga alohida e’tibor qaratiladi.
- Ixtisoslashtirilgan sport maktablarida ikkinchi xorijiy tilni o‘rgatish yo‘lga qo‘yiladi.
- Har bir tuman va shahardan kamida 3 tadan eng namunali davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tanlab olinib, gimnastika xonalari tashkil qilinadi.
Farmonga muvofiq ixtisoslashtirilgan sport maktablarida
- O‘quv-tarbiya jarayoni 5–11-sinflar doirasida maxsus ta’lim dasturlari bo‘yicha tashkil etiladi.
- Qabul jarayonlariga xalqaro va mahalliy trener-selektsionerlar jalb qilinadi.
- Ta’lim jarayoni o‘quvchilar soni 12 nafardan 24 nafargacha bo‘lgan sinflarda amalga oshiriladi.
- O‘quvchilarining umumiy cheklangan soni 168 nafar etib belgilanadi.
Mahorat darslari va musobaqalar
2024/2025 o‘quv yilidan har yili mahalliy va xorijiy sport ustalari, trener hamda mashhur sportchilar ishtirokida mahorat darslari o‘tkaziladi. Farmonga asosan, ixtisoslashtirilgan sport maktablari o‘quvchi-sportchilari O‘zbekiston chempionati va kubogi musobaqalarida alohida jamoa sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etadi.