2023-yildan yana bir guruh talabalarning kontrakti Davlat byudjetidan toʻlab beriladigan bo‘ldi
20.02.2023 18:38

Qoʻshma taʼlim dasturlarida oʻqiyotgan ayrim talabalarning kontrakti Davlat byudjetidan toʻlab beriladi
Prezidentning 2022-yil 21-iyundagi PQ-289-sonli qaroriga asosan, 2023/2024-oʻquv yilidan boshlab, pedagoglar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalarining qoʻshma taʼlim dasturlarida tahsil olayotgan talabalarning hamkor xorijiy OTMda oʻqish davri uchun toʻlov-kontrakti Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi. Bu haqda "Ta’lim nazorati" kanali eslatib o‘tmoqda.
Bunda:
- pedagog kadrlar tayyorlovchi OTMlarning qoʻshma taʼlim dasturlarida toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan va yuqori akademik koʻrsatkichlarga ega boʻlgan talabalari oʻrtasida tanlov oʻtkaziladi;
- tanlovda gʻolib boʻlgan talabalar bilan davlat maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim muassasalarida kamida uch yil ishlab berishni nazarda tutuvchi shartnoma rasmiylashtiriladi.
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
Xalqaro hamkorliklar orqali Nordik diplomining kuchi
28-avgust 18:43
Nordikda yangi o‘quv yili qachondan boshlanadi?
27-avgust 18:26
Nordikda ikki diplomli dasturlar: Talabalarga yevropa universitetlariga yo‘l ochilmoqda
27-avgust 17:59
Qanday qilib boy talaba bo‘lish mumkin?
28-yanvar 13:51