Barselona Iqtisodiyot maktabi grantlar taklif qiladi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
BSE eng iqtidorli talabalarni jalb qilish va rivojlantirish uchun moliyalashtirish grantlarini taklif qiladi.
BSEga qabul qilish taklifini olgan abituriyentlar yuqori sifatli, intensiv magistrlik dasturlarimizda muvaffaqiyatga erishish uchun o‘zlarining potentsiallarini namoyish etishadi. Eng iqtidorli nomzodlar, shuningdek, o‘qish to‘lovlarining to‘liq yoki bir qismini qoplaydigan moliyaviy taklifga ega bo‘lishadi.
Ushbu mukofot uchun ajratilgan mablag‘ davlat va xususiy homiylar, shuningdek, BSEning o‘z ichki resurslari hisobidan beriladi.
Har yili magistratura talabalariga o‘rtacha 800,000 yevro mukofot beriladi. O‘qishga kirgan talabalarning taxminan 36 foizi o‘qishi to‘liq yoki qisman moliyalashtiriladi.
Nomzodlarga taqdim etilishi mumkin bo‘lgan moliyalashtirish turlariga quyidagilar kiradi:
O‘quv to‘lovlarining 25%, 50%, 75% yoki 100% ni qoplaydigan imtiyozlar.
Cheklangan miqdordagi to‘liq moliyalashtirilgan stipendiyalar (100% to‘lovlar va qo‘shimcha stipendiyalar).
Talablar:
Dasturga qarab turlicha bo‘ladi. O‘zingiz topshirmoqchi bo‘lgan dastur sahifasiga o‘tib, to‘liq ma’lumot olishingiz mumkin.