Barcha oliygohlar kompleks o‘rganiladi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov va Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Toshkenboyev boshchiligida tuzilgan ishchi guruh tomonidan respublika oliy taʼlim muassasalarining barchasi kompleks oʻrganiladi.
2022-yil 28-yanvar kuni Prezident Sh.Mirziyoyev rahbarligida oʻtkazilgan yigʻilishda berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida oliy taʼlim muassasalari 23 ta mezon asosida tanqidiy va tahliliy oʻrganiladi.
Asosiy eʼtibor oliy taʼlimdagi islohotlar, ilm, fan va ishlab chiqarishdagi integratsiyalar, axborot-resurs markazlari faoliyati, moliyaviy, akademik mustaqillik berilgan taʼlim muassasalariga amaliy koʻmak berish, ilmiy salohiyat, taʼlim jarayonining qay darajada tashkil etilgani, masofaviy taʼlim, kredit-modul tizimi, talabalar turar joylarida yaratilgan shart-sharoitlar, korrupsiyaga qarshi kurashish va shaffoflikni taʼminlashning taʼsirchan mexanizmlari joriy etilganligi kabi mezonlarga qaratiladi.
Maqsad oliy taʼlim muassasalarining taʼlim jarayonini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish, taʼlim sifatini oshirish, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish hamda raqobatbardoshligini oshirish, raqamli texnologiyalarni toʻliq joriy etish orqali taʼlim jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish.
Oʻrganish jarayonidagi yutuqlar va tajribalar keng ommalashtiriladi, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflar tayyorlanadi.
Barcha oʻrganishlar televideniye, ijtimoiy tarmoqlar orqali muntazam yoritib boriladi.