Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Bilimni baholash agentligi Samarqand va Namanganda sayyor qabul o‘tkazdi

Kecha, 14:42
Bilimni baholash agentligi Samarqand va Namanganda sayyor qabul o‘tkazdi

Bilimni baholash agentligi tomonidan Agentlik faoliyatiga oid masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida sayyor qabullar tashkil etilmoqda. 19-oktabr kuni sayyor qabullar Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti akademik litseyida Abduvahob Hayitov, Namangan muhandislik-qurilish instituti akademik litseyida esa Zohid Shakarov tomonidan o‘tkazildi.

Sayyor qabullar ochiq muloqot tarzida tashkil etilib, unda:

  • Kirish test sinovlari va so‘nggi yangiliklar.
  • Test jarayonlarini soddalashtirish va abituriyentlar uchun qulayliklar yaratish.
  • Milliy sertifikat uchun test sinovlari haqida ma’lumot berildi.
  • Bilim va malakalarni baholash agentligining kelgusidagi rejalari muhokama qilindi.

Shuningdek, ishtirokchilarning savollariga meʼyoriy-huquqiy hujjatlar asosida batafsil javoblar berildi va bildirilgan takliflar o‘rganilishi aytildi