Davlat granti asosida tamomlagan bitiruvchilarning 3 yil ishlab berish majburiyati oʻz kuchini yoʻqotmagan
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Davlat granti asosida tamomlagan bitiruvchilarning uch yil ishlab berish majburiyati oʻz kuchini yoʻqotmagan
Ijtimoiy tarmoqlarda grant asosida tahsil olgan OTM bitiruvchilarini majburiy tartibda kamida 3 yil ishlab berish talabi bekor boʻlgani haqida tarqalayotgan xabarlar boʻyicha quyidagilar maʼlum qilinadi.
Prezidentning 2005-yil 2-iyundagi qarori 6-bandida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish yuklatilgan.
Mazkur topshiriqqa muvofiq 2005-yil 7-iyuldagi 58, 154-1, 19 va 02/2658-sonli qaror bilan Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlangan. Unda oliy taʼlim muassasalarini davlat granti asosida tahsil olib tamomlagan bitiruvchilarning uch yil ishlab berish majburiyati belgilangan.
Davlat rahbarining 2022-yil 15-iyundagi 279-son qarori 3-ilovasiga muvofiq Prezidentning ayrim qarorlari, jumladan, 2005-yil 2-iyundagi 92-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblandi. Ammo mazkur qaror ijrosiga koʻra ishlab chiqilib, tasdiqlangan Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom oʻz kuchini yoʻqotmagan.
Bu quyidagicha izohlanadi:
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 46-moddasi birinchi qismiga koʻra “Ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga yangi normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganligi munosabati bilan zarur oʻzgartishlar va (yoki) qoʻshimchalar kiritiladi hamda ilgari qabul qilingan barcha normativ-huquqiy hujjatlar yoki ularning qismlari, agar ular yangi huquqiy normalarga zid boʻlsa yoxud yangi normativ-huquqiy hujjat bilan toʻlaligicha qamrab olingan yoki amalda oʻz huquqiy ahamiyatini yoʻqotgan boʻlsa, lekin rasman oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilmagan boʻlsa, oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim”.
Shunga koʻra, hozirga qadar nizomdagi tartiblar yangi huquqiy normalarga zid emas va ushbu nizomni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish boʻyicha qoida biror-bir normativ hujjatda koʻzda tutilmagan.
Bundan koʻrinadiki, oliy taʼlim muassasalarini davlat granti asosida tamomlagan bitiruvchilarning uch yil ishlab berish majburiyati hozirgi kunda ham amal qiladi.
Shu oʻrinda, barcha ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilardan faqat rasmiy manbalar orqali eʼlon qilinadigan xabarlarni tarqatishlarini soʻrab qolardik. Deb taklidlab o‘tmoqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rasmiy telegram kanali