Bu yil abituriyent kirish imtihonida qatnashish uchun 170 ming so‘m to‘lov qiladi
Abituriyentlar uchun onlayn testlar
➡️ DTM BLOK TESTLAR
O‘rta ta’limni avvalgi yillarda tugatgan abituriyentlar kirish imtihonlarida qatnashish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lov qilishlari kerak.
Ayni paytda bir BHM – 340 ming so‘m, yarim baravari esa 170 ming so‘m.
Lekin hamma abituriyentlar ham to‘lov qilmaydi. To‘lovdan ozod abituriyent toifalari:
- o‘qishni test o‘tkazilayotgan yili tugatgan bitiruvchilar;
- nogironligi bo‘lgan shaxslar;
- mehribonlik uylari bolalari;
- bolalar shaharchasining bitiruvchilari;
- “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
- “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turuvchi yoshlar kirish imtihonlarida qatnashish uchun to‘lov qilmaydi.
Eslatib o‘tamiz qabul jarayonlari 20-iyundan 20-iyulga qadar bo‘lib o‘tadi.