Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Toshkentda zamonaviy texnologiyalar sohasida yangi universitet tashkil qilindi!

6.12.2022 09:54
Toshkentda zamonaviy texnologiyalar sohasida yangi universitet tashkil qilindi!

Oliy taʼlim sohasida yuqori reyting ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan, xalqaro standartlar talablari darajasida sifatli taʼlim beradigan, raqobatbardosh, zamonaviy yetuk mutaxassislarni tayyorlovchi Respublikadagi ilgʻor universitetlardan biriga aylanishni maqsad qilgan universitet oʻz faoliyatini boshladi.

University of Management and Future Technologies universiteti Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan taqdim etilgan L-4409567 raqamli litsenziya asosida faoliyat olib bormoqda.

Xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy ta’limning ilgʻor standartlari asosida mehnat bozori talablariga mos yuroqi malakali mutaxassislari tayyorlash uchun quyidagi yo‘nalishlar boʻyicha qabul amalga oshirilmoqda:

Ta’limning bakalavriat bosqichi uchun:

  • 60610600 - Dasturiy injiniring
  • 60612000 - Infokommunikatsiya injiniringi
  • 60310502 - Raqamli iqtisodiyot
  • 60410400 - Moliya va moliyaviy texnologiyalar
  • 60110100 - Pedagogika va psixologiya

Ta’limning magistratura bosqichi uchun:

  • 70310501 - Raqamli iqtisodiyot
  • 70610101 - Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari
  • 70611001 - Telekommunikatsiya injiniringi

Universitetda ushbu ta’lim yoʻnalishlarining Kunduzgi va Sirtqi ta’lim shakllarida o‘zbek va rus tillarida tahsil olish mumkin.

Univrsitetda taʻlim olishda talabalarga quyidagi imkoniyatlar va sharoitlat yaratilgan:

  • Ta’lim barchaga tamoyilini amalga oshirish orqali qobiliyatli va iqtidorli yoshlarni aniqlash, qo‘llab-quvvatlash va ularga grantlar taqdim etish.
  • Gibrid taʻlimni yoʻlga qoʻyish va oʻquv dasturi bilan birgalikda xalqaro sertifikatlashgan oʻquv kurslarida masofadan oʻqish imkoniyatini yaratish.
  • Soha korxonalari bilan hamkorlikda fan, ta’lim va ishlab chiqarishning samarali integrasiyasini ta’minlash orqali amaliy bilimlar berish.
  • Ta’limning xalqaro standartlarini oʻquv jarayoniga qoʻllash orqali zamonaviy bilimga ega yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash.

O‘quv binosi va asosiy qulayliklar

Universitet binosi to‘liq Wi-Fi internet tarmog‘i bilan qamrab olingan bo‘lib, talabalarga erkin foydalanish imkoniyati beriladi.

Universitetda taʼlim berish yetakchi professor-o‘qituvchilar tomonidan zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan o‘quv xonalarida olib boriladi.

Universitet ixtiyorida maʼruza va amaliy mashg‘ulotlar xonalari, kompyuter laboratoriyalari, axborot resurs markazi va zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlangan elektron kutubxona mavjud.

Nega aynan bizning universitet?

UMFT universitetida siz taqdim etilayotgan taʼlim yoʼnalishlarining biri boʼyicha oliy maʼlumotli bakalavr mutaxassis boʼlib yetishishdan tashqari, istagingizga qarab xalqaro mehnat bozorida tan olingan kompaniyalarining quyidagi kurslarida oʼqib xalqaro darajadagi mutaxassislik sertifikatiga ega boʼlishingiz mumkin:

  • Microsoft kompaniyasi Microsoft Virtual Academy akademiyasining Data engineer, App Maker, Developer xalqaro sertifikatlashgan kurslari
  • CISCO kompaniyasi Networking Academy akademiyasining CCNA xalqaro sertifikatlashgan kurslari
  • Huawei kompaniyasi HAINA akademiyasining HCNA xalqaro sertifikatlashgan kurslari
  • ACCA akademiyasining Business and Technology, Management Accounting, Financial Accounting xalqaro sertifikatlashgan kurslari.

Qanday diplomga ega bo‘lasiz?

Ta’lim standarti: Universitetning o‘quv faoliyati va o‘quv hujjatlari Oliy taʼlimning davlat taʼlim standarti talablari doirasida tashkil etiladi.

O‘quv hujjatlar: Universitetning o‘quv meʼyoriy hujjatlari qabul boʻlayotgan ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha tayanch universitetlar bilan kelishilgan holda tasdiqlangan.

Diplom: Universitet bitiruvchilariga davlat universitetlari bilan bir xil bo‘lgan Oʻzbekistonda tan olinadigan davlat namunasidagi diplom beriladi.

Universitetda o‘qish uchun to‘lov imkoniyatlari!

University of management and future technologies universitetida o‘qish pullik hisoblanib quyidagi uch xil variantlarning biri orqali to‘lov qilishingiz mumkin:

1) O‘zingiz yoki ota-onangiz to‘lashi mumkin;

2) Biror korxona, tashkilot yoki firma sizni o‘qitish uchun buyurtma berib to‘lashi mumkin;

3) Bank orqali imtiyozli taʼlim kreditini olib to‘lash mumkin

Imtiyozli ta’lim kreditini olish shartlari

Kimlarga beriladi: Kreditni O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari universitetning kunduzgi, sirtqi va kechki shakllarida o‘qish uchun kredit olish huquqiga ega.

Kredit muddati: o‘qish muddati tugagandan so‘ng 7 yil muddatda qaytariladi.

Kredit miqdori: universitet shartnomasida ko‘rsatilgan summaga teng kredit beriladi.

Kredit foizi va oʻlovi: barcha abiturientlar uchun 14%, xotin-qizlar uchun foizsiz (0 %)

Qabul, xujjat topshirish va qo‘shimcha ma’lumotlar uchun quyidagi telefon raqami yoki ijtimoiy tarmoq sahifalariga o‘ting:

Telegram: https://t.me/umftuz

Facebook: https://www.facebook.com/umft.uz

Youtube: https://www.youtube.com/@umftuz/videos

Instagram: https://www.instagram.com/umft.uz/

Websayt: http://umft.uz/

Telefon: (55) 506 88 88

Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumani Diydor ko‘chasi 71